A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Parda qatlamning himoya qilish xususiytlari. Yog’och va
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antiseptiklarga quyidagilar misol bo’la oladi 1-jadval
- Yog’ochning mustahkamligini oshirish
9.4. Parda qatlamning himoya qilish xususiytlari. Yog’och va
parda qatlamlarining dekorativligi. Yog’ochni chirishdan saqlash uchun shimdirish Yaxshi sharoitda yog’och ming yillar davomigacha saqlanishi mumkin. Lekin namlikni o’zgarib turishi va zararli zambrug’, bakteriya va hashoratlar ta’sirida yog’och tez buziladi, ya’ni ishdan chiqadi. Daraxtni chirishi xalq xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Shuning uchun daraxtni xizmat muddatini uzaytirish maqsadida u shimdiriladi. Yog’och shimdirilganda uni xizmat qilish muddatini ishlatilish sohasi bo’yicha 3 martadan 10 martagacha oshirish mumkin. Saqlanishi lozim bo’lgan yog’och materiallar - bu shpallar, ustunlar, kema va gidrotexnik inshootlar, ko’prik va port inshootlari, damba va boshqalrdir. Ayniqsa konlardagi yog’och konstruktsiyalar yuqori harorat va namlik ta’sirida tez ishdan chiqadi. Yog’ochni 106 zambrug’lar va bakteriyalar ta’siridan himoyalovchi vositalar sifatida organiq va noorganiq moddalar - antiseptiklardan foydalaniladi. Antiseptiklar zaharlovchi xususiyatga ega bo’lib, bunda uni ta’siri zamburug’ va bakteriyalarni zararsizlantirishi, hamda inson va hayvonlarga ta’sir qilmasligi lozim. Ular yog’ochni ishdan chiqarmasliklari va yog’ochga tegib turgan materiallarga ham ta’sir qilmasliklari, uzoq vaqt davomida suvda yuvilmasliklari kerak. Antiseptiklar arzon va tez shimiluvchan bo’lishlari lozim. Antiseptiklarga quyidagilar misol bo’la oladi 1-jadval Natriy ftor NaF Natriy xlor NaCl Sink xlor ZnCl 2 Mis sulfat CuSO 4 . 5H 2 O Simob xlor HgCl 2 Yog’ochning mustahkamligini oshirish Quruq yog’ochni 200° C haroratdan yuqori bo’lmagan metall eritmasi yoki qotishmalariga shimdirish orqali uni metallashtirish mumkin. Jarayon yog’ochni eritmada to’liq ko’milib turishini talab qiladi. Yog’ochni metall eritmasini yutishi ancha miqdorni tashkil etadi. 1 g yog’och (buk) 6 g metall (solishtirma og’irligi taxminan 10 g ga teng bo’lgan) ni yuta oladi. Qayin esa 8 g gacha. Metall qotishmasi bilan shimdirilgan yog’ochning mexanik xossasi alohida qotishma va alohida yog’ochnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Metallashtirilgan yog’och kam nam yutuvchi hisoblanadi, chunki yog’och metallga shimdirilganda, metall hujayra devorlariga shimilmaydi, balki faqat bo’shliqlarni to’ldiradi xolos. Shuning uchun daraxt moddalari suvni shimadi, lekin o’z shaklini o’zgartira olmaydi. Metallashtirilgan yog’och bo’yiga issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi va aksincha ko’ndalanggiga yomon deyarli ishlov berilmagan yog’ochnikidek bo’lib qoladi. Metallashgan yog’ochni ishlash metallashtirilmagan yog’ochni ishlashdan kam farq qiladi. Metallashtirilgan yog’ochni kesimlari juda chiroyli bo’lib, ulardan mebel ishlab chiqarishda, xonalar ichini pardozlashda foydalanish 107 mumkin. Metallashtirilgan yog’ochdan podshipniklar tayyorlashda va mashinasozlikdagi boshqa detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling