A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Nazorat savollari: 
1. Birikma nima? 
2. Birikma turlarini sanab bering? 
3. Fason yuzalarga ishlov berish deganda nimani tushunasiz? 
4. Tirnoqsiz porsi birikma ishi qanday tashkil etiladi? 
9-MAVZU. YOG‘OCH KONSTRUKSIYALI MATERIALLAR 
TAYYORLASH VA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI. 
Tayanch so’zlar: yog’och, yelimlash, konstruksiya, doirasimon 
qurilish materiali, yog’och namligi, fizik xossalar.
9.1. Yog‘och qurilish materialining sifati, yog‘ochning bir jinslilik 
darajasi, qirrali yog‘och materiallar 
Duradgorlik ishlarida sanoat va turar joy qurilnshida 
ishlatiladigan material sifatida xodalardan foydalaniladi va ular barcha 
igna bargli va yaproqli daraxt turlaridan tayyorlanadi. Qurilishda 
ko’proq igna bargli daraxt xodasidan foydalaniladi; barcha yapraqli 
daraxt turlari yordamchi va vaqtincha qurilish uchun ishlatiladi. Igna 
bargli daraxt xodasi uzunligi 3 m dan 6,5 m gacha, yaproqli 
daraxtniki esa 4 dan 6,5 m gacha (0,5 m  gradatsiya bilan) bo’ladi. 
Xodalar sifati bo’yicha 2- va 3-sort talablariga javob berishi 
kerak. Sortimentlar yuqori sifatli ko’rinishga ega bo’lishi uchun uning 
yaxshi ishlanishiga alohida ahamiyat berish kerak, ya’ni ko’zlar xoda 
sirti bilan tekis qilib qirqilgan bo’lishi; daraxtlarni ag’darish vaqtida 


102 
hosil bo’lgan notekis qirqim torsovkalanishi; torets tekisliklari xoda 
o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak. 
Yog’och materiallarining qalinligi bo’yicha guruhlanishi 
1-jadval. 
Yog’och 
materiallari 
Igna bargli 
Yaproqli 
qalinligi, sm 
Ingichka 
6-13 
8-13 
O’rtacha 
14-24 
14-24 
Yo’g’on 
26 dan katta 
26 dan katta 
Taxlangan o’lchamda o’lchanadigan yog’och materiallarining 
hajmini aniqlash. Yog’och materiallari shtabellarga taxlanib, ular 
kengligi, balandligi va uzunligi bo’yicha o’lchanadi. Shtabel kengligi 
taxlangan yog’ochmaterialining nominal kengligiga teng qilib olinadi 
(qo’yimlar hisobga kirmaydi). Shtabelning balandligi va uzunligi 
ikkinchi o’nlik darajagacha yiriklab olinadi. Ishga yaroqli yog’och 
materiallarini taxlaganda uning namligi 25% dan yuqori bo’lganida 
shtabellar balandligi bo’yicha qurib kichrayishi hisobga kirmaydigan 
ustama va shtabelning balandlik bo’yicha cho’kishi uchun 2% qo’shib 
hisoblanadi. Ishga yaroqli sortimentlarning (po’stloqsiz) shtabel qilib 
taxlangan, zich o’lchami shtabelning taxlash o’lchamlarini keltirilgan 
tegishli koeffitsientga (to’la yog’ochlik koeffitsientiga) ko’paytirish 
yo’li bilan aniqlanadi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling