A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Arralangan materiallarning xarakteristikasi
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
9.2. Arralangan materiallarning xarakteristikasi
Geometrik shakli hamda ko’ndalang kesimi bo’yicha arralangan materiallar bruslar, taxtalar, shpallar, pushtaxta, zagotovkalarga ajratiladi. Bruslar - qalinligi va kengligi 100 mm dan ortiq bo’lgan arralalangan materiallardir. Arralangan (tilingan) tomonlariga qarab bruslar ikki kantli, uch kantli va to’rt kantli bo’lishi mumkin. Brusoklar - qalinligi 100 mm gacha va kengligi qalinligidan ko’pi bilan ikki martadan ortiq bo’lmagan, yonlari tilingan arralangan materialdir. Taxtalar kengligi qalinligidan ikki marta ortiq va qalinligi 100 mm gacha bo’lgan arralangan materiallardir. 103 Shpallar - temir yo’llarning relslari uchun tayanchlar sifatida ishlatiladigan arralangan materiallardir. Shpallar yon chetlari olingan va yon chetlari olinmagan bo’lishi mumkin. Pushtaxta g’o’lani bo’yiga tilganda chiqadigan yon qismi. Igna bargli daraxt turlarining pushtaxtalari tog’ shaxtalarida va konlarida mahkamlash materiallari sifatida ishlatilib, obapol deb ataladi. Obapol taxtali va pushtaxtali xillarga ajratiladi. Taxtali obapol bo’yiga tilingan g’o’ladan, yon qismidan chiqqan arralangan mahsulot bo’lib, bir yog’i arralangan va ikkinchi tomoni arralanmagan yoki to’liq tilinmagan sirtga ega bo’ladi. Pushtaxtali obapolda faqat bir tomoni tilingan bo’ladi. Umumiy ishlarga mo’ljallangan arralangan materiallar o’lchamlari bo’yicha yupqa (qalinligi ko’pi bilan 32 mm gacha bo’lgan) va qalin - qalinligi 35mm va undan ortiq (yaproqli daraxtlar), 40 mm va undan ortiq (igna bargli daraxt yog’ochida) xillarga ajratiladi. Yaproqli daraxt yog’ochining arralangan materiallar uzunligi bo’yicha kalta- 0,5 dan 0,9 m gacha; o’rtacha 1,0-1,9 m uzun, 0,2-6,5 m xillarga ajratiladi; igna bargli daraxt arralangan materiallarning uzunligi (0,25 m gradatsiya bilan) 1-6,5 m bo’ladi. Arralangan materiallarning nominal o’lchamlari namligi 15% bo’lgan yog’och uchun belgilangan. Yog’ochni chirib buzilishdan saqlash va xizmat muddatini oshirish uchun ular quritiladi. Quritish yog’ochning texnik, ya’ni fizik va mexanik xossalarini ham yaxshilaydi. Yog’och quritilganda chirishga sabab bo’luvchi zamburug’lar o’ladi, yog’och puxtalashadi, yaxshi pardozlanadigan bo’ladi. Shuning uchun yog’och ishlash korxonalarida yangi kesilgan yoki nam yog’och ishlatilmaydi. Yog’ochlarga ishlov berish turlaridan biri, ularni quritish bo’lib, uning sabablari quyidagilardir: 1) Nam yog’och tez buziladi va chiriydi. 2) Quruq yog’och mexanik jihatdan nam yog’ochdan ancha pishiq, puxta bo’ladi. 3) Nam yoki yetarli darajada quritilmagan yog’och detallardan tayyorlangan buyumlar tob tashlaydi, ya’ni shakli va o’lchamlari o’zgaradi, hatto foydalanish uchun yaroqsiz bo’ladi. 4) Nam yog’och yaxshi yelimlanmaydi va pardozlanmaydi. Yog’ochlarni quritishda quyidagi keng tarqalgan usullaridan ko’proq foydalaniladi: 104 1) Tabiiy usulda ochiq havoda, ayvon yoki shiyponlarda ochiq shtabellarda, shuningdek, yopiq xonalarda quritish; 2) Sun’iy usulda maxsus jihozlangan xonalarda qizdirilgan havo bilan quritish. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling