A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Texnologik jarayon tarkibi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Texnologik jarayon tarkibi 
Texnologik jarayonni maqsadga muvofiq ravishda amalga 
oshirish uchun tayyorlanayotgan detalning qaysi yuzalariga va qanday 
ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi.Ushbu rejada 
detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi. Shu maqsadlarda 
mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga 
bo’linadi, bu qismlarning yig’indisi uning tarkibini tashkil etadi. 
Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi: texnologik 
operatsiya; holat; o’tish; yurish; harakatlar yig’indisi. Texnologik 
operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir 
yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar 
yig’indisidan iborat. O’rnatish operatsiyaning bir qismi bo’lib 
detalning (dastgoh turiga qarab bir necha detalning) bir marta 
mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgohga 
o’rnatilgan yoki mahkamlangan zagotovka uning ishchi organalariga 
nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallash 
mumkin. Holat detalning bir marta mahkamlangan holatida 
dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holatidir. Holatni 
o’zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo’ladi. 
Masaslan: ko’p shpindelli ko’p holatli dastgohlarda. Operatsiya 
texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish 


114 
texnologik operatsiyani tugallangan qismi bo’lib detalning ishlov 
berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining 
doimiyligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi o’tish texnologik 
operatsiyaning tugallangan qismi bo’lib, ishchining va (yoki) 
dastgohning harakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi o’tish 
natijasida detalning shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi. 
O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. 
Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi 
asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan 
ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi.
Yordamchi 
yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi 
asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan 
holda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran 
amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun 
zarur bo’ladi. 
Nazorat savollari: 
1. Aniqlik tushunchasi 
2. Detallarga mexanik ishlov berish jarayonini izohlang 
3. Aniqlikka ta’sir qiluvchi omillar 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling