A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-MAVZU. DETALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

10-MAVZU. DETALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH 
TEXNOLOGIYASI 
 
Tayanch so’zlar:detallar, mexanik ishlov berish, aniqlik, metal 
kesish dastgohi, asboblar, moslamalar. 
10.1. Aniqlik to’g’risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir 
etuvchi asosiy omillar. 
Mashina 
va 
mexanizmlarni 
loyihalashda 
kinematik, 
mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlilik hisoblari bilan bir 
qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi. Aniqlik - bu har qanday 
mashina va asbobning asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq 
detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida 
turli xatoliklar tug’iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda 
turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil 
bo’lgan detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’ladi va 
quyidagilar bilan ifodalanadi: a) detalning yoki uning alohida 
konstruktiv elementlarining to’g’ri geometrik shakldan og’ishi; b) 
detalning haqiqiy o’lchamlarini uning nominal o’lchamlaridan og’ishi; 
v) detalning yuzalarini, o’qlarini o’zaro aniq joylashishdan og’ishi 
(masalan: o’zaro paralellikdan og’ish, o’zaro perpendikulyarlikdan 
og’ish va shu kabilar). Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat 
sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog’liq bo’ladi. Detalning 
aniqligi qancha yuqori bo’lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori 
bo’ladi. Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti 
belgilangan bo’lib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib 
raqami ortishi bilan uning dopusk maydoni ortib boradi. IT 01,0,1 
tekis parallel yakuniy o’lchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 
2,3,4 chegaraviy Silindrik detalni prizmada bazalash sxemasi:
1,2,3,4,5,6 – tayanch nuqtalari. Kalibrlar va alohida aniqlikka ega 
bo’lgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha, 
yig’ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar 
o’lchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past 
aniqlikdagi o’lchamlar uchun. Yalpi va ko’p seriyali ishlab chiqarish 
sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli o’lchamga 
sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish 
sharoitida esa qo’shimcha yakunlovchi operatsiyalar qo’llash hamda 
yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitida detalning aniqligi qator omillarga bog’liq 


110 
bo’lganligi uchun ularni olib bo’lishi mumkin bo’lgan aniqlik 
bo’yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo’yicha tayyorlanadi. Iqtisodiy 
aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bo’yicha 
normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi 
asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, 
ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib 
olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib bo’lishi mumkin bo’lgan 
aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori 
malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, 
mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan 
detal aniqligi tushuniladi.
Detalni tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir 
ko’rsatadi:
1. dastgohning noaniqligi;
2. kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi;
3. dastgohni talab etilgan o’lchamga sozlash va kesuvchi asbobning 
o’rnatish xatoligi.
4. detalning o’rnatish va bazalash xatoligi;
5. kesish kuchi ta’sirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT) 
deformatsiyasi; 6. kesish jarayonida TIBT ning issiqlik ta’sirida 
deformatsiyalanishi;
7. ishlov berishdan so’ng detalning tekshirish jarayonida uning 
o’lchamlarini o’zgarib qolishi holatlari;
8. O’lchashdagi xatoliklar.
9. Ish bajaruvchining xatolari.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlari ishlab chiqarishni 
unumli tashkil qilgan holda metall kesish dastgohlari, kesuvchi 
asboblar, moslamalarning texnologik imkoniyatlari to’la foydalanilib, 
kam mehnat va vaqt sarflab mahsulotni minimal tannarxda 
tayyorlashga qaratilgan bo’lishi kerak.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling