A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Oyoq kiyim uchun taglik tayyorlashning texnologik xaritasini


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

6.2. Oyoq kiyim uchun taglik tayyorlashning texnologik xaritasini 
tuzish 
  
Ishni bajarish 
tartibi 
Ishlov berish eskizi 
Kerakli asbob 
uskunalar 
Ishni bajarish 
uchun ketgan 
vaqt 

Oyoq kiyim 
qo`ygich uchun 
mos material 
tanlash 
Yog’och 
fanera, reyka, 
qalam, ruletka 
metr 
5 minut 


75 

Oyoq kiyim 
qo`ygichning
qismlarini 
rejalash va 
arralash 
Yog’och, 
arra, 
randa, 
qalam, ruletka 
metr 
15 minut 

Oyoq liyim 
qo`ygichning 
tayanch 
qismlarini 
rejalash va 
arralash 
Qalam, 
arra, 
reyka, ruletka 
metr 
15 minut 

Oyoq kiyim 
qo`ygichni yon 
tomonlarini 
rejalash va 
arralash, naqsh 
chizish 
Arra, 
mix, 
qalam, 
fanera, 
reyka, qalam 
15 minut 

Oyoq kiyim 
qo`ygichning 
yon 
tomonlariga 
kuydirib ishlov 
berish 
Maxsus 
kuydirgich 
(Payalnik) 
30 minut 


76 

Oyoq kiyim 
qo`ygich 
qismlarini 
biriktirib, 
pardozlash va 
loklash 
Jilvir qog’oz, 
qalam, 
bo’yoq 
shotkasi, 
mix, lok 
20 minut 
Nazorat savollari: 
1. Sanoat mahsulotlari?
2. Texnologik xarita nima? 
3. Eskiz nima? 
4. Buyum tayyorlashda ishlatiladigan materiallar? 
7-MAVZU. YOG‘OCH, METALL VA PLASTMA 
XOMASHYOLARINI YO’NISH, KESISH, O‘YISH VA 
QIRQISH TEXNOLOGIYASI. 
Tayanch so’zlar: qo’l asboblari, arra, stanoklar, disk arra, 
iskana, bolg’a, xavfsizlik texnikasi qoidalari.
7.1. Yog’och materiallarini arralash texnologiyasi 
Arralar turlari 
Yog’ochni arralash, kesuvchi asbob arra yordamida zagotovkani 
ikki qismga bo’lish operastiyasidir. Qo’lda arralash uchun turli 
duradgorlik arralaridan foydalaniladi. Yog’ochni bo’ylamasiga, 
ko’ndalangiga, ikki yoqlamasiga kesish uchun maxsus arralar 
ishlatiladi. 
Dastaki arralarning tishlari mayda va yirik bo’ladi. Arralashda 
arraning polotnosi yog’ochning ajraladigan kismlari chetiga qattiq 
ishqalanadi va u siqilib qolmasligi uchun tishlari chaparasta qilingan, 
ya’ni navbati bilan ikki tomonga qiyshaytirilgan bo’ladi. Shuning 
uchun ham arraning o’rni polotno qalinligidan kengroq bo’ladi va 
arralash osonlashadi. 


77 
Zagotovkani kesishda arrani reja chizig’idan 2-3 mm uzoqlikda 
qo’yiladi. Dastarra polotnosi zagotovka sirtiga nisbatan to’g’ri 
burchak ostida surilishi kerak. Arralashning to’g’ri borayotgani reja 
chizig’iga ko’ra nazorat qilinadi. Mana shu chiziq zagotovkadagi 
arralash joyidan chap tomonda qolishi kerak. Yog’ochni arralash uni 
biroz tilib olish bilan boshlanadi. Dastarraning birinchi harakati 20° li 
burchak ostida ishlovchining o’ziga tomon tortishi bilan amalga 
oshiriladi. Keyin esa qisqa-qisqa harakatlar bilan arraning o’rni 
chuqurlashtirilib boriladi. Arralash vaqtida zagotovkani ushlab turgan 
qo’l jarohatlanmasligi uchun rejalash chizig’iga 1-rasmdagi 
kabi yog’och qo’yib olish lozim. Shu rasmda arrani to’g’ri ushlash 
ham aks ettirilgan. 
1-rasm. Yog’ochni kesish usullari. 
Zagotovka biroz tilinganidan so’ng arrani butun bo’yi boricha 
harakatlantiriladi. Zagotovkani chap qo’l bilan arradan eng kami 10 
mm oraliqda ushlab turish kerak. Ish vaqtida arra polotnosi 
zagotovkaga nisbatan aynan perpendikulyar xolatda harakatlanishi 
lozim. Shuningdek, rejalash chizig’iga ham qarab turish zarur. Bu 
chiziq arra o’rnining chap tomonida qolishi kerak. Yog’ochni kesib 
tushirishda unga arrani qattiq bosmaslik lozim, chunki bunda arra reja 
chizig’idan surilib ketishi mumkin. Arralash sur’ati bir minutda 40-50 
marta ikki yoqlama kesishdan oshmasligi kerak.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling