A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Polimer granulalari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

2-rasm. Polimer granulalari. 
Poliefir va epoksid kampronlarning xususiyatlaridan biri faqat 
yuqori haroratdagina emas, balki oddiy sharoitda ham qo’shimchalar 
ajratib chiqarmasdan va cho’kma xosil qilmasdan qotishi muhim 
xususiyatidir. Qatlamli plastmassalar chidamli konstruktsiyalar uchun 
qulay materiallardir. Yupqa qatlamli to’ldiruvchilar orasida 
bog’lovchi elementlar orqali taxlanib, bir butun anizatrop xususiyatga 
ega bo’lgan material hosil qilinadi. Bunday materiallar list, quvur, 
plita, xillarida chiqariladi. Ulardan mexanik ishlov berish orqali har 
xil tafsilotlar, buyumlar ishlab chiqariladi. Rezina-kauchukni 
vulkanizatsiya qilish natijasida olingan mahsulot. Umuman olganda 
rezina aralashmasini, kauchukdan boshqa moddalar vulkanizatsiya 
qilinadi.
Rezina - bu juda kam setka strukturali plastmassa. Bu yerda 
polimer bog’lovchi va yuqori plastik holda. Rezinalarda bog’lovchi-bu 
kauchuk. Kauchuk: a) tabiiy; b)sintetik bo’ladi. Kauchukning 
molekulalari chizig’i va kam shaxobchali bo’lib, chuvalchansimon 
yoki spiral konfiguratsiyaga ega hamda katta egiluvchanligi bilan 
ajralib turadi.


62 
5.2. Rezinaning asosiy xossalari 
a) yuqori elastiklik;
b) yuqori egiluvchanlik;
v) suyuqlik va gaz o’tmaslik:
g) yaxshi elektroizolyatsiyaligi.
Ba’zilari ishqalanishga qarshilik, yaxshi demfirlash, aviatsiya 
yoqilg’ilariga va yog’lariga turg’unligi, qarama-qarshi va ko’p marta 
ta’sir qiluvchi kuchlarga chidamligi xossalariga ham ega.
2-rasm. Rezina granulalari. 
Yuqoridagilarni hisobga olib, rezina o’zi va boshqa materiallar 
bilan birgalikda mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi:
a) mashina pnevmatikalarini;
b) mashina egiluvchan shlanglarini va truboprovodlarini;
v) amartizatorlarni;
g) membranalarni;
d) prokladka va zichlagichlarni (“uplotniteli”);
e) yoqilg’i uchun yumshoq baklarni;
j) rezinalashtirilgan gazmollarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Tashqi muhit ta’sirida (yoruglik, harorat, azot, kislorod, 
radiatsiya va h.k.) rezina eskiradi - o’z xossalarini o’zgartiradi. 
Eskirish koeffitsienti:
K=Z1/Z2; 
Z1-yangi rezina egiluvchanligi; Z2-eskirgan, ya’ni 3 yil 
davomida tabiiy sharoitda yoki -700Sda 144 soat davomida sun’iy 
eskirgan rezina egiluvchanligi. Umuman, sovuqqa chidamlilik 


63 
rezinaning mo’rtlashish harorati bilan aniqlanadi. Bunda rezina 
o’zining elastikligini yo’qotadi, urilsa mo’rtligi buziladi.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling