23-Ma’ruza. Mavzu: Nometall himoya qoplamalari. Reja


Download 171.4 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi171.4 Kb.
#1573971
  1   2   3   4   5
Bog'liq
МАЪРУЗА 23


23-Ma’ruza.
Mavzu: Nometall himoya qoplamalari.
Reja
1. Nometall qoplamalar.
2. Lak bo‘yoq qoplamalari.
3. Bog‘lovchi moddalar yordamida inshootlarni korroziyadan himoya qilish.
4. Emal va keramik qoplamalar.


1.Nometall himoya qoplamalari.
Lak bo‘yoq materiallari – bu suyuq yoki pastasimon tarkib bo‘lib uni yupqa qatlamda qattiq taglikka surtilsa yuzada adgeziya kuchi bilan ushlab turuvchi quruq plyonka (qoplama) hosil bo‘ladi. Lak bo‘yoq materiallar quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
-metallarni korroziyadan himoya qilish uchun;
- metalmaslarni namlik va chirishdan saqlash uchun;
- yuzaga maxsus xususiyatlar berish uchun (elektrizolyatsiya, issiqlik izolyatsiya va boshqalar);
- buyumlarni dekorativ bezash.
Lak bo‘yoq qoplamalari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi moddalar, to‘ldiruvchilar, pigmentlar, plastifikatorlar, erituvchilar, va katalizatorlar kiradi. Tarkibni o‘zgartirilishi maxsus xususiyatli (tok o‘tkazuvchi, bezovchi, o‘ta mustaxkam, issiqqa chidamli va x.z) qoplama olishga imkon beradi. Ular turli muhitlarda nafaqat buyumni himoya qiladi, balki u buyumga estetik tashqi ko‘rinish ham beradi.
Lak bo‘yoq qoplamalar guruxiga laklar, bo‘yoqlar, gruntovkalar, oliflar, shpaklyovkalar kiradi.
Foydalanishdagi xususiyatlariga ko‘ra lak bo‘yoq qoplamalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
-atmosferaga chidamli; suvga chidamli, neft maxsulotlariga chidamli, kimyoviy chidamli, issiqqa chidamli, elektrdan himoyalaydigan, konservatsiyalovchi va maxsus vazifalar uchun;
-maxsus lak bo‘yoq qoplamalari: suvda kema devorlarida o‘simlik o‘stirmaydigan, yorug‘lik qaytaradigan, olovdan himoyalaydigan, shovqinga qarshi;
-nur qaytaruvchi LBQ o‘ziga tushatgan nur energiyasini qaytarish xususiyatiga ega. Oq rangdagi LBQ nur qaytarish darajasi yuqori.
Lak bo‘yoq qoplamalarning asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, qoplashning oddiyligi, yemirilgan qoplamani ta’mirlash osonligi, boshqa himoya turlari bilan uyg‘unlashuvi (misol uchun protektorli himoya), yuqori himoya xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘ziga jalb qiluvchi ko‘rinish hosil qilishi. Lak bo‘yoq qoplamalarni asosiy kamchiliklari: issiqqa chidamsizligi (150÷200 0S); uncha katta bo‘lmagan mexanik mustahkamlik; suv va namlikka chidamsizligi.
Lak bo‘yoq qoplamalar turlari asosan 3 xil: moyli bo‘yoqlar, laklar va emallar.
Moyli bo‘yoqlar-suspenziya bo‘lib, quruvchi moylarda pigmentlarni surkash bilan olingan bo‘lib, u plyonka hosil qiluvchi modda bo‘lib hisoblanadi. Pigmentlar bo‘yoqqa kerakli rang beradi va tayyor qoplamani himoya xususiyatlariga ta’sir qiladi. Pigmentlarga rux oksidi, qo‘rg‘oshin belilasi, oxra va boshqalar kiradi. O‘simlik moyini quritish jarayonini tezlashtirish uchun sikkativlar (kobalt oksidi, marganets va x.z) qoʼshiladi. Olingan moy olif deyiladi. Qoplamalarni mustaxkamligi va chidamliligini oshirish uchun bo‘yoqqa toʼldiruvchilar-talk, kaolin qoʼshiladi. Moyli bo‘yoq metallarni nam sharoitda korroziyadan yaxshi himoya qiladi.
Laklar-tabiiy yoki sintetik smolani turli erituvchilardagi eritmasi. Lak yuzaga surkalgandan soʼng erituvchi uchib ketadi mustaxkam plyonka qoplamasi qoladi. Spirtli va moyli lak turlari mavjud. Birinchisi smolani spirtdagi eritmasi, ikkinchisi olif (moy) dagi eritmasi. Laklarning afzalligi-yaltiroq yuzani hosil bo‘lishi, qurish jarayonini tezligi, kamchiligi metallarga kuchsiz adgeziyasi, qoplamani moʼrtligi.
Emallar-laklarni pigmentlar qoʼshilgan organik erituvchilardagi eritmasi. Ular laklar kabi yaltiroq qoplama beradi. Emallar lakka qaraganda arzon. Emallarning quyidagi turlari mavjud: moyli emallar (moyli laklar) gliftalli (gliftalli laklarda) va nitroemallar (nitrotsellilozali laklarda). Nitroemallar tez quriydigan materiallar bo‘lib, surkalgandan bir necha minutdan soʼng qotadi. Soʼnggi vaqtlarda sintetik smola asosidagi sintetik emallar keng tarqalgan. Ular dekorativlik xususiyatlari, elastikligi, qattiqligi, atmosferaga chidamliligi bilan sifatlanadi.
Lak bo‘yoq qoplamalar berish. Barcha boʼyash ishlari yuzani boʼyashga tayyorlashdan boshlanadi. Bu jarayonni sifatli oʼtkazilishi qoplamani uzoq muddat xizmat qilishiga sabab bo‘ladi. Yuzani tayyorlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
1. Yuzadagi nuqsonlarni bartaraf qilish;
2. Moysizlantirish;
3. Korroziya maxsulotlarini yo‘qtish;
4. Boshqa iflosliklarni yo‘qtish.
Prokat okalinasi va zang eng ko‘p uchraydigan ifloslik bo‘lib xisoblanadi.Okalina eng xafli bo‘lib uni metall yuzasidan chiqarish ancha qiyin. Yogʼ, moy, surkama shaklidagi iflosliklar lak boʼq materiali va material orasidagi adgeziyani yomonlashtiradi.
Lakbo‘yoq qatlamini yopishishini yaxshilash uchun yuza gruntovkalanadi. Gruntovka tarkibida rux changi bo‘lgan temir surik, ruxli kron dan iborat. Gruntovkadagi notekisliklarni tekislash uchun shpatlyovkalanadi. Tarkibida mel, olif, bo‘yoq kley bo‘lgan shpatlevka ishlatiladi. Shpatlevka qurigandan soʼng yuza qum qogʼoz bilan tozalanadi. Lak bo‘yoq qoplamasining tuzulishi rasmda keltirilgan.


Download 171.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling