23-Ma’ruza. Mavzu: Nometall himoya qoplamalari. Reja
-rasm. Granulyatsion minoraning korroziyaga qarshi qoplamasi
Download 171.4 Kb.
|
МАЪРУЗА 23
21.2-rasm. Granulyatsion minoraning korroziyaga qarshi qoplamasi.
1- kislotaga chidamli keramik plitalar (30 mm), 2-bituminol, 3- kislotaga chidamli asfalt (40mm), 4-varaqali poliizobutilen. 5-sovuq bitumli gruntovka, 6-sement qoplama, 7-shlakobeton, 8-shlak, 9-temirbeton plita, 10-varaqa asbest qatlami, 11- 08X18N10T (2 mm) rusumli zanglamas po‘lat, 12-kislotaga chidamli g‘isht. Misol sifatida ammiak selitrasi ishlab chiqarishdagi granulyatsiyalovchi minoraning korroziyaga qarshi himoyasini koʼrib oʼtamiz (6.7- rasm). Ammik selitrasini quyidagi reaktsiya bo‘yicha olinadi. NH3 + HN02 = NH4NO3 + O2. Xom ashyo sifatida gazsimon NH3 va 50÷55 % li HNO3 dan foydalaniladi. Ishlab chiqarish quyidagi etaplardan iborat: azot kislotasini neytrallash, ammiak selitrasi erigunchaeritmalarni uchirib yuborish va ammiak selitrasini granulyatsiyalash. Asosiy konstruktsion material sifatida 08X18N10T rusumli po‘latdan foydalaniladi. Eritmani kristallanishi granulyatsion minoralarda eritmani sachratib tomchiga aylantiriladi va u havo oqimi bilan sovutiladi. Qurilish konstruktsiyasi HNO3, eritma va NH4NO3 ning changlari, azot oksidi ta’siriga uchraydi. Ish vaqtida minoraning yuqori qismida harorat 800 0S ga yetadi. Chang va NH4NO3 donalari konstruktsiyada qurilish materialining gʼovaklariga kirib qoladigan maxfiy (peresыщennыe) eritma hosil qiladi. NH4NO3 ning suvli eritmasi rN=4÷5 bo‘lib betondagi kaltsiy gidrosilikatlari bilan ta’sirlashadi. Natijada sement toshi va betonni tashkil qiluvchilari mustaxkamlikni yo‘qotadi. Ammik selitrasining gʼovaklardagi kristallanishi xajmni ortishiga va materialda qoʼshimcha kuchlanish yuzaga keltirib uning yemirilishiga sabab bo‘ladi. Granulyatsiyalovchi bashnyani himoya qilish maqsadida past alyuminatli sement va qattiq jinsli toʼldiruvchilardan foydalaniladi. Beton qoʼshimcha ravishda po‘lat setka bilan mustaxkamlanadi. 14.2 rasmda granulyatsiyalovchi bashnyaning himoyalanishi koʼrsatilgan. Qoplamaning asosi temir-beton plitadan iborat (9). Qalinligi 2mm li 08X18N10T (11)rusumli po‘latdan tayyorlangan toʼsiq va asbest qistirmadan iborat qoplama pastdan ammiak selitraning changidan, namlikdan, xarorat tebranishidan saqlaydi. Qoplamaning yuqori qismida shlak qatlami bilan qoplangan shlakobeton (7), soʼngra sement qoplama (6)tepasidan bitumli gruntovka (5), varaqali poliizobutilen (4) asfalt (5) va keramik plitka (1) toʼshalgan. Odatdagi xom ashyoga polimer materiallar qoʼshib olingan beton polimerbeton deb ataladi. Bogʼlovchi element sifatida furan, epoksid, poliefirli, akrilli va boshqa smolalardan foydalanish mumkin. Bunday betonlar yuqori mustaxkamlikka, kislota va ishqor bardoshlikka, aʼlo darajadagi fizik mexanik xususiyatlarga ega. Kimyo sanoatida ko‘plab konstruktsiyalar yuqori xaroratda ishlaydi. Bunday muhitlar uchun yuqori xaroratga bardoshli va chidamli betonlar ishlab chiqarilgan. Ular toʼldiruvchilarni tarkibi bilan farq qiladi (xromli temir, shamot va x.z). Yuklanish ostida deformatsiyani boshlanish xarorati 1000÷1100 °S. Bunday betondan alohida blok sifatida foydalanib, pechlarni metal qoplamasiz qurish mumkin. Download 171.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling