23-Ma’ruza. Mavzu: Nometall himoya qoplamalari. Reja
-rasm. Lak bo‘yoq qoplamasining tuzilishi
Download 171.4 Kb.
|
МАЪРУЗА 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bogʼlovchi moddalar yordamida inshootlarni korroziyadan himoya qilish.
21.1-rasm. Lak bo‘yoq qoplamasining tuzilishi
1-lak bo‘yoq qoplama; 2-shpatlevka; 3- grunt; 4-metal. Bo‘yoq yuzaga quyidagi usullarda beriladi: - kistli boʼyash; - purkash yordamida boʼyash. (unumdorligi juda yuqori, jarayonni avtomotlashtirish mumkin). Purkashda qoplama qalinligi bir tekis bo‘ladi, bo‘yoqni surkashga qaraganda bo‘yoq sarfi 30...50 % ga kamayadi. - botirib va ustidan quyib boʼyash (bajarish sodda unumdorlik yuqori); tarkibida moy bo‘lgan emallardan foydalanganda ushbu usul qoʼllanadi. Mayda buyumlarni boʼyash maxsus barabanlarda bajariladi. - joʼvada (valets) boʼyash (tekkis buyumlarni, taxtalarni, varaqa materiallarni boʼyashda ishlatiladi). Qoplama berilgandan soʼng buyum quritiladi. Quritish tabiiy sharoitda xarorat 15...20 0S bo‘lganda yoki maxsus quritish kameralarida 100...110 0S li yuqori haroratda amalga oshiriladi. Tabiiy quritish 48 soatgacha, quritish kameralarida esa 1...3 soat davom etadi. Odatda lak bo‘yoq materiallari boʼyaladigan yuzaga bir necha yupqa qatlamda beriladi. Xar bir keyingi qatlam oldingi qatlam toʼla qurigandan soʼng beriladi. Bu holatda oldingi berilgan qatlam qurishi natijasida hosil bo‘lgan gʼovaklar toʼliq berkitiladi. Antikorrozion ishlov beruvchi yuzada zausentsa, oʼtkir qirra, payvandlash sachratkilari, doʼngliklar, kuygan joy, flyus qoldigʼi, quyush va prokatlashdagi nuqsonlar, rakovina, yoriq, notekislik kabilar boʼmasligi kerak. 2. Bogʼlovchi moddalar yordamida inshootlarni korroziyadan himoya qilish. Sement mineral bogʼlovchi material bo‘lib xisoblanadi. U oʼzining tarkibida maydalangan kislota va ishqorga chidamli toʼldiruvchi bo‘ladi. Ishqorli muhitlarda ishlatiladigan sementda toʼldiruvchi sifatida SaO va MgO dan, kislotali muhitda esa SiO2 dan foydalaniladi. Kislotaga chidamli sement mayda tuyulgan toʼldiruvchini (kvartsli qum, granit, bazalt va bloshqalar) silikat natriyning suvdagi eritmasi bilan aralashtirib olinadi. Sement metall va boshqa apparaturalarni futerovka qilish uchun ishlatiladi. Buning uchun beton tayyorlanadi. Kislotaga chidamli beton (silikat natriy) suyuq oynadan tayyorlanadi va qotishni tezlashtiruvchi kimyoviy moddalar (Na2SiF6), shuningdek andezit, diabaz, kvarts, kislotaga chidamli keramika chiqindilardan foydalaniladi. Bunday beton yuqori mustaxkamlik va kimyoviy chidamlilikka ega. U barcha nordon va ishqorli muhitlarda chidamli (plavik va fosfor kislotadan tashqari). Download 171.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling