23-Ma’ruza. Mavzu: Nometall himoya qoplamalari. Reja


-rasm. Ekstraktor qurilmasi devorini himoyalash


Download 171.4 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi171.4 Kb.
#1573971
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАЪРУЗА 23

21.3-rasm. Ekstraktor qurilmasi devorini himoyalash.
1-po‘lat korpus; 2-88-N yelimi bilan ikki qavatda yopishtirilgan poliizobutilen PSG (qalinligi 2,5 mm), 3- andezit surkamali shpatlevka (b=5 mm), 4 – andezit surkamada yopishtirilgan yarim gʼisht qalinlikdagi kislotaga chidamli gʼisht, 5 – arzamit 4 surkamada yopishtirilgan 550x195x 115 oʼlchamdagi burchakli bloklar.

Chinni suv va gaz oʼtkazmaydigan yupaqa kristalli material bo‘lib xisoblanadi. Uni 1300÷1450 oS gradusda kuydirib olinadi. Chinni kislotaga chidamli, plavik kislotada yemirilmaydi, qattiq, yeyilishga chidamli, yuqori mustaxkamlik xususiyatiga ega, issiqqa va harorat o‘zgarishiga (20÷1000 oS) chidamli va gʼovakliligi past darajada. Chinnidan tayyorlangan apparatlar ochiq olovdagi qizdirishga chidamli. Chinnidan farmatsevtika, oziq ovqat, parfyumeriya sanoattida, ya’ni tozalik qatʼiy talab qilinadigan joylarda ishlatiladi. Kimyo sanoatida chinnidan uncha katta boʼlmagan idishlar, vakuum apparatlar, filtrlar, tigllar, kosalar, va shu kabilar tayyorlanadi. Chinnidan metall apparatlarni sharli tegirmon sharlarini futerovka qilish uchun ishlatiladi. Issiqqa chidamli va alohida buyumlarni tayyorlash uchun gʼovakli keramikadan foydalaniladi. Olovga chidamli keramika yuqori xaroratga chidashi, deformatsiyalanmasligi va xaroratlarning toʼsatdan almashinuvi natijasida yemirilmasligi kerak.


Oʼtga chidamli chinnining bir necha turlari mavjud: dinasli (nordon), yarim-nordon, shamotli, talkli va boshqalar. Ular kimyoviy tarkibi bilan farqlanib turli xildagi sharoitlarda ishlashtishga moʼljallangan. Olovga chidamlilar asosan futerovka sifatida va yuqori xaroratda ishlovchi turli apparat va pechlarda ishlatiladi.
Gʼovakli keramik filtrlovchi materiallarni tayyorlashda va elektrolitik vannalarni diafragmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Gʼovakli keramikadan filtirlovchi plitkalar, va kilorod qurilmalarga filtrlar tayyorlanadi. Filtrlovchi keramikadan katalitik kreking jarayonida gazlarni mayin tozalash uchun ishlatiladi.


Nazorat savollari
1. Nometall qoplamalar.
2. Lak bo‘yoq qoplamalari.
3. Bog‘lovchi moddalar yordamida inshootlarni korroziyadan himoya qilish.
4. Emal va keramik qoplamalar.
Download 171.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling