A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

8-rasm. Richagli qaychi. 
O’tkir jag’li ombur sim va har xil ingichka sterjenlarni qirqish 
uchun ishlatiladi. Ular VI markali asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi 
va jag’lari toblanib bo’shatiladi, so’ngra charxlab o’tkirlanadi. O’tkir 
jag’li omburlar duradgorlik omburiga o’xshash bo’lib, har xil 
o’lchamda tayyorlanadi. Undan mixlarni sug’irish maqsadida 
foydalanish mumkin yemas. O’lchamlariga mos keladigan 
yo’g’onlikdagi sim va sterjenlarni qo’ldagina qirqish kerak. Qo’lning 
kuchi yetmagan hollarda bolg’alab qirqishga yo’l qo’yilmaydi. 
Bolg’alash natijasida jag’lar sinishi, uchib ketishi mumkin. O’tkir 
jag’li ombur bilan qirqish mumkin bo’lmagan qattiq vayo’g’on 
simlarni zubilo bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz 
hosil qilinadi va sindirib olinadi.
4.9. Metall qirqish arralari, ularni turlari va tuzilishi 
Chilangarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va 
listlarni, polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. 
Arralash yo’li bilan pazlar, shlisalar ham ochiladi. Dastaki arra dasta 
va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi 
quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va 
quloqli gayka (barashka) stanok ramasi har xil konstruksiyada 
tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik 
bo’lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan 


54 
foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki unga har xil uzunlikdagi 
polotnolarni o’rnatish mumkin.
9-rasm. Metall kesuvchi dastaki arra. 
Arra polotnosining uzunligi 250-300 mm, yeni 12-15 mm, 
qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo’lib, ular U10, U10A, U12, U12A 
markali 
uglerodli, 
SHX15, 
X6VF 
legirlangan 
asbobsozlik 
po’latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po’latlardan tayyorlanadi. 
Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo’lib, 
ularga polotno qalinligidan 0,2.-0,5 mm ortiqroq qilib chapara 
chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni 
arralashda tish qadami 0,8-1 mm bo’lgan polotnolardan, qattiqligi 
yuqori bo’lgan po’lat va cho’yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq 
po’latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi.
Chilangarlik arralarining tishlari duradgorlikdagi tiluvchi 
arralarning tishlariga o’xshash qiyshiq tishli bo’lib, polotnoni 
stanokka o’rnatishda tishlarni oldinga - tortqi vint tomonga qaratib 
o’rnatiladi vatortqi vint yordamida taranglanadi. Polotnoni 
taranglashda quloqli gayka qo’l bilan buraladi. Ortiqcha tarang 
tortilgan, shuningdek, salqi o’rnatilgan polotno ish vaqtida uzilib yoki 
tishlari sinib ketishi mumkin. Shuning uchun uni normal holda 
taranglash kerak. Arra polotnosi arralanadigan materialning 
o’lchamiga (uzunligiga) qarab ramka tekisligida yoki ramka 
tekisligiga tik o’rnatilishi mumkin. Qisqa materiallarni arralashda 
polotno ramka tekisligida o’rnatilib, uzun o’lchamdagilarini 
arralashda yesa 90° ga burib o’rnatiladi. Stanokka yangi polotno 
o’rnatish yoki polotnoning holatini o’zgartishda quloqli gayka 
bo’shatilib, dasta va tortqi vintdagi shtiftlar olinib (ular qisqa 


55 
o’lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo’lishi mumkin), polotno 
o’rnatiladi va shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi hisoblanadi. Sortli 
prokat zagotovkalarni va trubalarni kesishda dastaki chilangarlik 
arrasi qo’llanadi va sortli prokatni arra yordamida bo’laklari 
ajratishdan iborat chilangarlik operasiyasidir. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling