A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Metall qirqish arralarni ishga sozlash. Arralash usullari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

4.10. Metall qirqish arralarni ishga sozlash. Arralash usullari 
Metall materiallarni kesib ishlashda zubilo yordamida kesish 
mumkin bo’lmagan hollarda arralash usulidan foydalaniladi. Bu 
maqsadda slesarlik dastarralari ishlatiladi. Metallarni arralashda 
ulardan arralab olinadigan zagotovkalarning o’lchami va shakliga 
qarab arralar ishga sozlanadi, ish o’rni moslanadi va unga nisbatan ish 
vaziyati tanlanadi, so’ngra arralash mashq qilinib, keyinchalik 
tayyorlanadigan detal va buyumlarga mos yumaloq, kvadrat, 
oltiyoqlik, to’g’ri to’rtburchaklik qirqimli zagotovkalar, dastalar 
uchun har xil diametrdagi trubadardan halqalar va boshqalar 
tayyorlanadi.
 
10-rasm. Arrani isha sozlash.
1. Slesarlik arrasini sozlash mashqi. Arrani ishga sozlashda: 
taranglash, v - polotno ramka tekisligiga tik o’rnatilgan.
a) arralanadigan metall materialiga mos polotno tanlanadi;
b) quloqli gaykani bo’shatib, tortib vint va dasta bandi (sterjeni) 
kallaklariga shtiftlar yordamida polotno o’rnatiladi;
v) polotnoning tishlari tortqi vintga qaratib o’rnatiladi;
g) qisqa o’lchamli zagotovkalarni arralashda polotno ramka 
tekisligi bo’yicha o’rnatiladi (10-rasm, a)
d) uzun o’lchamli zagotovkalarni arralashda polotno ramka 
tekisligiga tik o’rnatiladi (10-rasm, v); 


56 
e) quloqli gaykani burab, tortqi vint yordamida polotno 
taranglanadi (10-rasm, b).
4.11. Arralashda ish vaziyatini egallash mashqi 
1. O’quvchi bo’yiniig ish o’rniga mosligi quyidagicha 
tekshiriladi:
a) 
arralanadigan metall material yoki zagotovka qisqich jag’idan 
10-15 aniqlash,
b) 
arrani zagotovka ustiga polotno gorizontal joylashadigan qilib 
tutiladi;
v) bu holda tirsak polotno bilan bir to’g’ri chiziqda 
(gorizontal tekislikda) yosa, o’quvchining bo’yi ish o’rniga mos 
bo’ladi.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling