6- §. Litosfera va Yer relyefi


Download 1.62 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1027783
Bog'liq
6 litosfera va yer relyefi

6- §. Litosfera va Yer relyefi

LITOSFERA

Litosfera(yunoncha „litos“ —tosh, qattiq, „sfera“ —qobiq) Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani 1914- yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan.

Yer po‘stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi.

Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Hindiston, Sibir va boshqa platformalar tegishli.

Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari:

ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos. Tinch okean „olovli halqasi“, O‘rta dengiz, Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.

OKEAN PO’STI


Okean po‘sti 5 — 10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi
3,5 — 5 km bo‘lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak,
okean po‘sti ham uchta qatlamdan tuzilgan.
Litosfera okean tubida 50 — 60 km gacha, quruqliklarda
100 — 200 km gacha qalinlikka ega. Litosfera Yer po‘stining
yirik va yaxlit bo‘laklari — plitalaridir.
Relyef (yunoncha, ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridir. Yer yuzasidagi barcha relyef shakllariichki va tashqi
kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekisliklar misol bo‘ladi. Òog‘lar quruqlikning 40 % ini, tekisliklar
esa 60 % ini egallaydi.

Tayanch tushunchalar

  • Litosfera(yunoncha „litos“ —tosh, qattiq, „sfera“ —qobiq) Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi.
  • Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi.
  • Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari:ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos
  • Relyef (yunoncha, ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridir.

Nazorat uchun savollar

Nazorat uchun savollar

1. Litosfera nima va qanday turlarga bo‘linadi?

3. Yer yuzasida qanday asosiy relyef shakllari tarqalgan?

Amaliy topshiriqlar

1. Darslikning 18- betidagi 4- rasm („Litosferaning tuzilishi“)ni daftaringizga chizing va izohlang.

2. Yozuvsiz xaritaga litosfera plitalari va asosiy relyef shakllarini tushiring.


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling