A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’ochning mustahkamligini oshirish


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

3.6. Yog’ochning mustahkamligini oshirish 
Quruq yog’ochni 200° C haroratdan yuqori bo’lmagan metall 
eritmasi yoki qotishmalariga shimdirish orqali uni metallashtirish 
mumkin. Jarayon yog’ochni eritmada to’liq ko’milib turishini talab 
qiladi. Yog’ochni metall eritmasini yutishi ancha miqdorni tashkil 
etadi. 1 g yog’och (buk) 6 g metall (solishtirma og’irligi taxminan 10 
g ga teng bo’lgan) ni yuta oladi. Qayin esa 8 g gacha. Metall 
qotishmasi bilan shimdirilgan yog’ochning mexanik xossasi alohida 
qotishma va alohida yog’ochnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. 
Metallashtirilgan yog’och kam nam yutuvchi hisoblanadi, 
chunki yog’och metallga shimdirilganda, metall hujayra devorlariga 
shimilmaydi, balki faqat bo’shliqlarni to’ldiradi xolos. Shuning uchun 
daraxt moddalari suvni shimadi, lekin o’z shaklini o’zgartira olmaydi. 
Metallashtirilgan yog’och bo’yiga issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi 
va aksincha ko’ndalanggiga yomon deyarli ishlov berilmagan 
yog’ochnikidek bo’lib qoladi. Metallashgan yog’ochni ishlash 
metallashtirilmagan yog’ochni ishlashdan kam farq qiladi. 
Metallashtirilgan yog’ochni kesimlari juda chiroyli bo’lib, ulardan 
mebel ishlab chiqarishda, xonalar ichini pardozlashda foydalanish 
mumkin. Metallashtirilgan yog’ochdan podshipniklar tayyorlashda va 
mashinasozlikdagi boshqa detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
3.7. Yog’ochning kimyoviy turg’unligini oshirish 
Yog’och konsentrlangan ishqor va kislota muhiti ta’siriga 
chidamsizdir. Kuchli kislotalar ta’sirida yog’och tarkibidagi 
polisaxaridlar gidrolizga uchraydi va uning tolalari bo’shashadi. 
Konsentrlanagn ishqorlar ta’sirida gemitsellyuloza va lignin eriydi, 
sellyuloza bo’kadi, natijada yog’och moddalari bo’shashadi va qisman 
eriydi. Buzilish jarayoni harorat ortishi bilan tezlashib boradi. 
Yog’ochga ba’zi gaz holatdagi moddalar ham yomon ta’sir etadi (xlor, 
vodorod xlor, azot oksidlari, sernokisliy gaz va boshqalar). Lekin 
agressiv bo’lmagan kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan 


40 
korxonalarda yog’och jihozlardan foydalanilsa bo’ladi. Yog’ochdan 
kimyoviy jihozlar tayyorlash ustida ko’p ishlar qilingan. 
Yog’ochni shimdirish orqali 50% li sulfat kislota, 50% li fosfor 
kislota, 60% li sirka kislota, 36% li xlor kislota va boshqa kimyoviy 
moddalar ta’siriga chiday oladigan materiallar olish mumkin. 
Yog’ochni kauchuk, oltingugurt va bitum bilan shimdirish orqali 
kimyoviy turg’un yog’och olish mumkin. Kimyoviy turg’un yog’och 
olishning qisman eterefikatsiyalash usuli ham ma’lum. Kremniy 
organik birikmalarga shimdirilgan yog’och suvga, olovga chidamliligi 
va mexanik pishiqligi, hamda kimyoviy turg’unligi bilan ishlov 
berilmagan yog’ochdan farq qiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling