A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Nazorat savollari: 
1. Detallarda uchraydigan nuqsonlar 
2. Birikma turlari 
3. Detallarda yeyilishni aniqlash 
4. Mexanik yeyilish nima? 


131 
3-MODUL. BUYUM VA MAHSULOTLARNI 
TAYYORLASHDA YIG‘ISH VA TAYYOR HOLGA 
KELTIRISH TEXNOLOGIYASI 
15-MAVZU. YOG‘OCH, PLASTMASSA VA POLIMER 
ASOSLI BUYUM VA ZAGOTOVKALARNI YIG‘ISH VA 
BIRIKTIRISH TEXNOLOGIYASI 
Tayanch so’zlar: zagatovka, yelimlash, kezein, albuminelim, 
burama mix, yog’och mix, termoreaktiv, termoplastik. 
15.1. Yog‘och, asosli buyum va zagotovkalarni yig‘ish va 
biriktirishda yelimlarning xillari va asosiy xossalari, kazein va 
albumin yelimlar 
Duradgorlik yo’li bilan tayyorlanadigan buyumlarning, 
mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. 
Birikmalar hosil qilishda har xil biriktiruvchi materiallardan 
foydalaniladi va unda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi. 
Buyumlarning qanday materiallardan tayorlanishiga va qanday 
maqsadda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar 
oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi.  
Oddiy birikmalar. Oddiy birikmalar deb mix va shuruplar 
yordamida biriktiriladigan birikmalarga aytiladi. Odiiy birikmalar bir 
necha turlardan iborat. 
- uchma-uch birikma-bunda ikki detalning chokini bir-biriga 
to’g’rilab, chok bo’lgan joyining ustiga kichik bir taxtacha qo’yib 
mixlanadi.
- burchakli birikmalar-bunda ikki detalning uchi 45º dan kesilib, 
bir-biriga to’g’rilanib mix bilan qoqiladi.
- tirnoqli birikma-bunda ikki detalning bir uchidan yarim 
yog’och kesib olinib, detallarning uchlari bir-biriga ustma-ust tushirib, 
mix qoqiladi. Bunday ulashlarda yog’ochlar bo’yiga uzaytiriladi. 
Binokorlikda yog’ochni ana shunday uzaytirib, ishlatish keng 
qo’llaniladi. Oddiy birikma orqali yog’ochlarni eniga ham uzaytirish 
mumkin. Masalan eshik, darvozalar yasashda ana shu usuldan 
foydalaniladi. Bunda yog’ochdagi yillik xalqalarning joylashishiga 
e’tbor berish kerak. 


132 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling