3-mavzu. Yog‘ochdan tayyorlanganlarni yig‘ish va biriktirish texnologiyasi. Reja


Download 292.05 Kb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi292.05 Kb.
#1206180
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza


3-MAVZU. YOG‘OCHDAN TAYYORLANGANLARNI YIG‘ISH VA BIRIKTIRISH TEXNOLOGIYASI.


Reja
1.Yog‘och, asosli buyum va zagotovkalarni yig‘ish va biriktirishda yelimlarning xillari va asosiy xossalari, kazein va albumin yelimlari.
2.Birikma turlar va briktirish usulari.
3.Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish texnologiyasi.
4. Birikmani bajarishda qo‘llaniladigan moslamalar, asboblar va materiallar.
5. Mix va burama mix, yog‘och mixlarni tanlash texnologiyasi.
6. Detallarni biriktirishda sifat talabi. Sifatsizlik turlari va ularni bartaraf qilish texnologiyasi


Yog‘ochni yelimlab yopishtirish uchun ishlatiladigan barcha yelimlar hayvonot yelimi, о‘simlik va smolali yelimlarga ajratiladi (smolali yelim sintetik smoladan yasaladi). Duradgorlik korxonalarida hayvonot yelimlari (mezdra, suyak va kazein) va smoladan qilingan yelimlar eng kо‘p ishlatiladi. Bulardan tashqari aralash yelimlar, masalan, kazeinsement yelimi ham ishlatiladi; bu yelim poroshok holidagi kazein yelimi, portlandsement va suv aralashmasidan iborat. О‘simlik yelimla­ri kо‘pincha faner ishlab chiqarish korxonalarida ishla­tiladi.
Yelimlar suyuq eritmalar xolida, smolali yelimlar esa quruq parda (plyonka)larkо‘rinishida ishlatiladi.
Yelimning tarkibiy qismlari asosiy kism, eritgichlar va yordamchi moddalarga ajratiladi.
Yelimning asosiy qismi deganda, eritgichlar yoki yor­damchi materiallar bilan ta’sir etilganda yelim hosil bо‘ladigan modda tushuniladn. Masalan, kazeinli yelimlarning asosiy qismi kazeindan, mezdra yelimi va suyak yelimining asosiy qismi esa glyutindan iborat.
Eritgichlar asosiy yelim moddasini eritib, oson oqadigan suyuklikka aylantirish uchun xizmat qiladi.Eritgichlarning о‘zi yopishtirmaydi, ularda bunday xususiyat yо‘q, yelim qotganda ular bug‘lanadi.
Yelim tarkibidagi yordamchimoddalar asosiy yelim moddasining xossasiga qarab, har xil vazifani bajaradi. Ular yelim hosil qiluvchilar, tо‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, katalizatorlar, qotiruvchilar, antiseptiklar degan xillarga ajratiladi.hosil qiluvchilar, tо‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, ka-talizatorlar, qotiruvchilar, antiseptiklar degan xillarga aj­ratiladi.

Download 292.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling