3-mavzu. Yog‘ochdan tayyorlanganlarni yig‘ish va biriktirish texnologiyasi. Reja
Download 292.05 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastifikatorlar
- Suvsingdiruvchanlik
Yelim hosil qiluvchi moddalar asosiy yelimlovchi materialni eritmaga aylantiradi, chunki bu material shu moddasiz erimaydi.
Tо‘ldiruvchilar asosiy yelim materilining sarfini kamaytirish yoki yelim eritmasining quyuqligini о‘zgartirish maqsadida qо‘shiladi. Tо‘ldiruvchilar sifatidl bо‘r, yog‘och о‘niva boshqa materiallar ishlatiladi. Ular asosiy yelim moddasining yopishtirish xususiyatini pasaytirmasligi lozim Plastifikatorlar yelim qatlamining elastikligini ta’minlaydi; yelim elastik bо‘lsa, yopishtirilgan detallar orasidagi yelim qatlami darz ketmaydi. Yelim qatlami zamburug‘lar. mikroblar va turli .xashoratlar ta’siriga chidamli bо‘lishi uchun yelimga antiseptiklar qо‘shiladi. Katalizator vaqotiruvchi moddalar smolaliyelimlarga qо‘shiladi. Ximiyaviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi moddalar katalizator deb ataladi. О‘yuvchn natriy, ammiak, kо‘pincha, katalizatorlar bо‘lib hizmat kiladi Qotiruvchilar— sintetik smolalarning erimaydigan qattiq holatga о‘tishiga yordam beruvchi ximikatlar hisoblanadi.Yelimlarning asosiy xossalari: buyumlarni yopishtirish xususiyati, zamburug‘lar ta’siriga, suvga chidamliligi, mahkam ushlashi (qotishi), uzoqqa chidashi; yelim qatlamining teshilishi uning kamchiligi hisoblanadi. Yelimning yopishtiru vchanligi yelimlangan choknningmexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi. Suvga chidamlnlk-yelimning suv va nam havo ta’-siridan yopishtirish hususiyatini pasaytirmaslik xossasidir. Mezdra yelimi bilan suyak yelimi suvga bardosh bera olmaydi. Ularni suvga birmupcha chidamli qilish uchun, ishlatish oldidan suyultirganda bir ozgina oksalat kislota qо‘shish kerak. Kazein yelimining suvga chidamliligini oshirish uchun yelim tayyorlagan vaqtda unga mis kuporosi qо‘shiladi. Smolali yelimlarning kо‘pchiligi suvga birmuncha chidamli yoki juda chidamli bо‘ladi. Suvsingdiruvchanlik. Glyutinli yelimlar suvni juda kо‘p singdiradi. Mezdra yelimi suvga tegib turganida о‘z og‘irligiga nisbatan 6—10, suyak yelimi esa 3—7 baravar kо‘p suv shimiydi. Natijada yelimlar tez bо‘kadi.Glyutinli yelimlarni ishga tayyorlagan vaqtda ana shu xossasidan foydalaniladi. Download 292.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling