3-mavzu. Yog‘ochdan tayyorlanganlarni yig‘ish va biriktirish texnologiyasi. Reja


Download 292.05 Kb.
bet5/6
Sana17.02.2023
Hajmi292.05 Kb.
#1206180
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza

Gulqog‘oz mixlari qalpoqli, qisqa o‘lchamli, o‘tkir uchli bo‘lib, gul qog‘ozlar, klyonka, mato, faner va yupqa detallarni mixlashda ishlatiladi.
Qurilish mixlari duradgorlik va qurilish detallarini biriktirishda ishlatiladi.
Ishlatilishiga qarab mixlarning sterjenlari va qalpoqlari har xil shaklda tayyorlanadi.
Kvadrat sterjenli qurilish mixlarining sug‘irilishiga qarshiligi yuqori bo‘lib, puxta birikma hosil qilish imkonini beradi. Ular yumshoq yog‘ochlarni biriktirishda ishlatiladi.
Burama mixlar yog‘och qismlarni biriktirishda, yog‘och qismlarga har xil dastalar, shpingalet, oshiq-moshiq kabilarni o‘rnatishda ishlataladi. Burama mixlarning diametri 1,5 dan 10 mm gacha, uzunligi 6 dan 120 mm gacha tayyorlanib, uzunligining 0,5 – 0,6 qismigacha rezba chiqariladi. Burama mixlarni bolg‘alab o‘rnatishga ruxsat etilmaydi. Bolg‘alab o‘rnatish bilan puxta birikma hosil qilish mumkin emas. Uzun o‘lchamli burama mixlarni o‘rnatishda uch qismini bolg‘alab yog‘ochga kiritib, qolgan qismini otvyortka bilan burab kiritiladi, Qisqa o‘lchamli burama mixlarni o‘rnatishda mix o‘rni bigiz bilan o‘yib olinadi.
Boltlar – qismlarga ajraladigan buyum detallarini yig‘ishda, egri detalli mebel qismlarini biriktirishda ishlatiladn. Ba’zi hollarda boltli birikmalar kontrgayka yordamida qotiriladi. Boltli birikmalarda bolt kallagi va gaykalarning yog‘och sirtini ezib, shilib qo‘yishidan saqlash maqsadida har xil shakldagn shaybalar ishlatiladi.
Qismlarnn biriktirish va birikmaning puxtaligini oshirish. maqsadida har xil po‘lat burchakliklardan ham foydalanilad.





184-rasm. Mixlar:
a-gulqog‘oz mixlari; b-qurilish mixlari





185-rasm. Burama mixlar:
a-mix kallaklari: 1-maxfiy, 2-yarim maxfiy, 3- yarim yumaloq; b-burama mixlarning o‘lchamlari

186-rasm. Metall maxkamlagichlar:
a-bolt; b-boltni kontrgayka bilan qotirish; v-doiraviy va kvadrat shaybalar


Download 292.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling