A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Qisman polikansdetsiyalangan smola shimdirilgan qog’oz asosli


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Qisman polikansdetsiyalangan smola shimdirilgan qog’oz asosli 
plyonkalar 
Bunday pyonkalar yalit detallarni qoplashda ishlatladi va ularga 
orqa 
pardoz 
berish 
ishlarini 
talab 
qilinmaydi. 
Qisman 
polikondensatsiyalangan smola asosli plyonkalar mebel saoatida 
ishlatilmaydi. Mebel ishlab chiqarishda bunday plyonkalar bilan 
qoplangan yog’och-qirindili taxtalar asosida olingan tayyor mebel 
detallari- laminrangan taxtalar ko’p ishlatiladi. Yog’och qirindili 


165 
taxtalar bunday plyonkalar bilan faqat qizdirilgan presslar yordamida 
va yuqori bosim ta’sirida qoplanadi. Plyonkadagi smola yuqori harorat 
ta’sirida yumshab, oqib, sizib chiqadi, bunda uning bir qismi taxtaga 
shimiladi va yelim va vazifasini o’taydi, qolgan qismi plyonka sirtida 
qolib pardoz qatlam vaziasini bajaradi. Pressdagi yuqori bosim taxta 
bilan plyonka orasida yaxshi kontakt bo’lishni taminladi. Qizdirilgan 
press taxtalari ta’siri ostida shimilgan smola polikondensatlanish 
reaksiyasi kechadi hamda smolaning to’liq qotishi nihoyasiga yetadi. 
Natijada, plyonka ustida yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion 
xossaga ega bo’lgan qattiq parda qatlam hosil boladi. Hozirgi vaqtda 
plyonka oilsh uchun olimlar tomonidan formaldegidli smolalarning bir 
necha markasi yaratilgan, masalan, СПМФ-1, СПМФ-1A, СПМФ-4, 
СПМФ-7 va boshqalar. 
Shimdirilgan smola to’liq qotgan list materiallar 
Tarkibidagi smola to’liq qog’oz asosli plyonkalarni avvalgidek 
mebel sanoatida list ko’rinishidagi material sifatida ishlatib kelinar 
edi. Ular kerakli o’lchamda bichilar, so’ngra xuddi yog’och shponi 
singari qoplanar va pardoz qilinar edi. Shuning uchun list 
ko’rinishidagi materiallarning dastlabki turlari, “sintetik shpon” deb 
nom olgan. Smolasi to’liq qotgan plyonka materiallarining qattiqligi 
va mo’rtligi ularni o’ram qilib yig’ishga imkon bermaydi, aks holda 
ular sinadi. Tavsifiga ko’ra list ko’rinishidagi plyonkalar A,B,C va D 
tiplarga bo’linadi. A va D tipdagi plyonkalar uchun oddiy shimiluvchi 
1,2,3 tarkiblar qo’llaniladi. B tipdagi plyonka uchun modifikatsiya 
qilingan 5,6,8-tarkiblar ishlatiladi va ularga poliefir emulsiyasi 
qo’shilgan bo’ladi. C tipdagi plyonkalar yelimli smola asosida olingan 
oddiy shimuvchi 4-tarkib yordamida shimdiriladi. Yetarli miqdorda 
smolasi bo’lmagan A va C tipdagi plyonkalar albatta pardoz qilinadi, 
chunki ularning sirtida amalda himoya parda qatlami bo’lmaydi. 
Tarkibida B, D plyonkalari sirtida yupqa himoya qatlami bo’lib, ular 
asosan mebel ichki sirtlarini ishlov bermasdan qoplashda ishlatiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling