A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
-rasm. Himoya-dekorativ qoplamalarning tuzilishi. a-
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
5-rasm. Himoya-dekorativ qoplamalarning tuzilishi. a-
shaffof bо’lmagan lok-bо’yoqlar; b, c-shaffof bо’lmagan plyonkali; d-noshaffof kombinatsiyali; f-shaffof lok-bо’yoq qoplama; e-yog’och yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan; j- yog’ochga plyonka yopishtirib, keyin loklang 1-grunt qatlami, 2-bо’yoq qatlami, 3-sidirg’a shpatlyovka qatlami, 4-mahalliy shpatlyovka, 5-yog’och yoki yog’och material, 6-noshaffof plyonka, 7-yelim qatlami, 8-lok parda qatlami, 9- shaffof grunt qatlami, 10-g’ovak tо’ldirgich, 11-yog’ochning rang berilgan (bо’yalgan) qatlami, 12-rasm bosilgan qatlam, 13-fon (tus) beruvchi bо’yoq qatlami (grunt), 14-sintetik shpon qatlami. 160 Parda hosil qiluvchi moddalar deb, yuzalarga yupqa suyuq qatlam tarzida surtilganda ma’lum sharoitda yog’och materiallariga yaxshi yopishib yupqa va mustahkam parda hosil qiladigan moddalarga aytiladi. Sintetik va tabiiy smolalar, sellyuloza efirlari va qotadigan о’simlik moylari shunday moddalar jumlasiga kiradi. Bо’yoqlar loklardan farqli о’laroq parda hosil qiluvchi moddalarning organik erituvchilardagi eritmasi - suspenziyasi bо’lib, tarkibida pigmentlar yoki pigmentlar bilan tо’ldirgichlarning aralashmasi bо’ladi. Yuzaga surtilgan bо’yoqlar quriganida noshaffof bir jinsli parda qatlami hosil qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalarning turiga qarab bо’yoqlar moyli, emulsion va boshqa xil bо’yoqlarga bо’linadi. Emallar pigmentlar (plastifikator va sikkativlar qо’shilgan) bilan loklarning aralashmasidir, ya’ni emallar pigment qо’shilgan loklardir. Gruntovkalar deb, pardozlashda parda qatlamining ostki qatlamini hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Ularni surtish jarayoni gruntovkalash (ya’ni, xomaki bо’yoq surtish) deyiladi. Gruntovkalar yog’och ustki qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi hamda mayda g’ovaklarni tо’ldirib, asosga hamda navbatdagi lok qatlamlariga yaxshi yopishadi. Shpatlyovkalar deb, yog’och yuzasini shaffofmas himoya qatlami hosil qilish uchun tekislashga mо’ljallangan lok-bо’yoq materiallarga aytiladi. Ular mineral tо’ldirgichlar hamda pigmentlarning plastifikatorlar qо’shilgan parda hosil qiluvchilar bilan uchuvchan erituvchilardagi aralashmasidir. Shunday qilib, parda hosil qiluvchi moddalar barcha lok-bо’yoq materiallarning asosiy tarkibiy qismidir. Bulardan tashqari pardozlash materiallari tarkibiga erituvchi yoki suyultiruvchilar, bо’yoq moddalari, tо’ldirgichlar va ayrim hollarda parda hosil qiluvchi moddalar qotishini tezlatadigan birikmalar kiradi. Bular haqida keyinroq tо’xtalib о’tiladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling