A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

4-rasm. Plastifikatorlar. 
Polimer 
tarkibiga 
plastifikator 
kiritilishi 
bilan 
ayrim 
makromolekulalar konfiguratsiyasining o’zgarishi va ularning bir-
biriga nisbatan yangidan gruppalanishi osonlashadi. Shunday qilib, 
plastifikatsiyanipg mohiyati sistema qovushoqligini pasay-tirish va 
makromolekula konfiguratsiyasini o’zgartish yoki qayta gruppalanishi 
uchun ketadigan energiyani kamaytirishdan iboratdir. Polyar polimer 
va plastifikatorlar uchun plastifikatsiyaning mohiyati plastifikator 
polyar molekulalarining polimer molekulalaridagi polyar gruppalar 
bilan o’zaro «band» bo’lishi bilan tushuntiriladi. Bunda polimer 
molekulalari orasida avval bo’lgan kuchli bog’lanish (tortishuv) 
buziladi. Natijada polimer o’zining qattiqlik va mo’rtlik xususiyatini 
yo’qotib, elastikligi oshgan va sovuqda chidamliligi kuchaygan 
material ko’rinishiga o’tadi. Plastifikatorlarga qator talablar qo’yiladi. 
Ulardan asosiysi plastifikatorning polimer bilan aralasha olishi yoki 
unda erishidir. Polimerlar bilan yomon aralashadigan plastifikatorlar 
unda juda yupqa emulsiya ko’rinishida tarqalishi mumkin. Ammo 
ma’lum sharoitda bunday emulsiyaning juda mayda tomchilari bir-biri 
bilan birlashib sirtga «terlab» chiqa boshlaydi. Plastifikatorlar 
yorug’lik ta’siriga chidamli va mumkin qadar zararsiz bo’lishi kerak. 
Ko’proq plastifikatorlardan DBF-dibutilftalat, TKF-trikrezilfosfat 
kanakunjut moyi (TU 6-10-1238-77) ishlatiladi. Dibutilftalat С6Н4 
(СOOС4Н2)
2
rangsiz moysimon suyuqlik, zichligi 1,0471,050, 
qaynash temperaturasi 292-312°С. U polivinil xlorid, nitro 
tsellyulozani yaxshi eritadi va plastifikatsiya qiladi. Kamchiligi-
uchuvchan. 150 soat ichida 100°С temiyeraturada uning 68,2% 
bug’lanib ketadi. Plastifikator sifatida birgina dibutil shilgan pardalar 


157 
tezda eskiradi, shuning uchun nitroloklarda DBF kam uchuvchan 
bo’lgan boshqa plastifikatorlar bilan birga ishlatiladi. Keyingi 
vaqtlarda DBF borgan sari bir necha marta sekin uchadigan dioktil-
ftalat tomonidan siqib chiqarilmoqda. 
Parda qatlamlarning xossalari rang-barang bо’lib, ular 
ishlatilayotgan 
materialning 
turi 
va 
xossasiga, 
pardozlash 
texnologiyasiga va himoya qatlami yuzasining sifat kо’rsatkichlariga 
bog’liq. Pardoz qatlam tashqi kо’rinishi va himoya qilish 
xususiyatlariga kо’ra har xil vazifalarni bajaruvchi bir yoki bir necha 
qatlamdan iborat bо’lishi mumkin. Pardozlash uchun ishlatiladigan 
materiallar turlari va ularni ishlatilish usuliga kо’ra himoya qatlamlari 
lok-bо’yoq, plyonka va aralash qatlamlarga bо’linadi. Himoya lok-
bо’yoq qatlamlari suyuq lok-bо’yoqlarni yuzaga surtib, plyonka 
himoya qatlamlari esa chiroyli teksturaga ega bо’lgan himoya 
dekorativ plyonka materiallarni yog’och va yog’och materiallar 
yuzasiga yelimlab yopishtirib hosil qilinadi. Aralash qatlamlarda esa 
ham plyonka ko’rinishidagi material, ham suyuq lok-bо’yoq 
ishlatiladi. Parda qatlamlar jilolanish darajasiga qarab yaltiroq, qisman 
yaltiroq, xira bо’ladi. Yaltiroq parda qatlamlar hosil qilishda barcha 
turdagi loklar, emallar va ayrim rulon kо’rinishidagi sintetik 
plyonkalardan foydalaniladi. Tarkibida parda hosil qiluvchi moddasi 
kam, pigment va tо’ldiruvchi moddalari kо’p bо’lgan emallar va 
plyonkalar qisman yaltiroq parda qatlamlarni hosil qiladi. Kо’pchilik 
bо’yoqlar, ayniqsa emulsion bо’yoqlar hamda ataylab xiralashtirilgan 
lok va plyonkalar xira parda qatlam hosil qiladi. Parda qatlamlar 
dekorativlik xossalariga kо’ra shaffof, shaffofmas bо’ladi. Shaffof 
qatlamda yog’och teksturasi bezak pardasi ostidan kо’rinib turadi, 
shaffofmasida esa kо’rinmaydi, parda ostida qolib ketadi. 
Shaffofmas parda qatlamlar igna bargli va uncha qimmat 
bо’lmagan 
daraxtlardan, yog’och-qirindili va yog’och-tolali 
plitalardan ishlangan buyumlarda hosil qilinadi. Chunki bunday 
materiallarning tuzilishi va teksturasi uncha kо’rkam emas. Lekin 
shaffofmas parda qatlamli buyumlar mexanik va atmosfera ta’sirlariga 
chidamli hamda kimyoviy jihatdan turg’un bо’ladi. Yog’och buyumlar 
yuzasiga lok-bо’yoqlar bir marta surtilganda buyum yuzasi tо’liq 
bekilmaydi. Bundan tashqari, ayniqsa, igna bargli daraxt turlari lok-
bо’yoqning suyuqlik qismini о’ziga bir tekisda shimmaydi. Daraxt 
yillik halqalarining dastlabki, bо’shroq qismi kechki zich joylashgan 


158 
qismiga qaraganda kо’p shimadi. Natijada surtilgan birinchi qatlam 
quriganidan keyin bо’yalgan yuzada ola-bula dog’lar paydo bо’ladi. 
Qurigan birinchi bо’yoq qatlami ustidan ikkinchi qatlam surtilganda 
yog’ochga bо’yoq boshqa shimilmaydi, chunki buyum yuzasi birinchi 
qatlam bilan tо’yingan bо’ladi. Lekin ikkinchi qatlam ham doim 
buyum yuzasini bir tekisda tо’liq berkita olmaydi. Yuza rangi va 
yaltiroqligi jihatidan farq qiladi. Shuning uchun lok-bо’yoq 
materiallar bilan yuzani uch, tо’rt, ayrim hollarda undan ham kо’p 
marta bо’yashga tо’g’ri keladi. Pardozlash uchun ketadigan material 
sarfini va uning tannarxini kamaytirish maqsadida birinchi qatlam 
uchun arzon va shu maqsadlar uchun mо’ljallangan suyuq gruntovka 
aralashmalaridan foydalaniladi. Bu qatlam yog’och materialning 
tabiiy kо’rinishi va rangini berkitib turadi. Lekin gruntlashdan keyin 
yog’och yuzasidagi g’adir - budurliklar, yorilgan joylar, yog’och 
kо’zlari va boshqa nuqsonli joylar saqlanib qolaveradi. Shu nuqsonli 
joylarga shpatlyovka surtiladi. Shpatlyovka qatlami qurigandan keyin 
yuzalar yoppasiga yana shpatlyovkalanadi. Bunda suyuqroq 
shpatlyovka ishlatiladi. Shpatlyovka qatlami quriganidan keyin 
kо’piktosh yoki jilvirqog’oz bilan ishqalab silliqlanadi. Shaffofmas 
lok-bо’yoq qatlamning tuzilish sxemasi, a da kо’rsatilgan. PVX 
plyonka va qog’oz smolali plyonkalarni yopishtirib yog’och 
materiallarda xira parda qatlam hosil qilish mumkin. Bunday plyonka 
materiallar yog’och yuzasiga yuzaning sifatiga qarab tо’g’ridan-tо’g’ri 
yoki yuza oldin shpatlyovkalanib keyin yelimlab yopishtiriladi. 
Yog’och yuzasidagi xira qoplamaning tuzilish sxemasi, b (yuza 
shpatlyovkalangan), c (yuza shpatlyovkalanmagan) da kо’rsatilgan. 
Shaffofmas aralash qatlam, d da aks ettirilgan. Chiroyli teksturali 
daraxt turlaridan ishlangan va isitiladigan binolarda foydalaniladigan 
buyumlar shaffof (tiniq) parda qatlamlar hosil qilib pardozlanadi. 
Bunday qatlamlar yuzaga bir yoki bir necha marta shaffof lok surtib 
hosil qilinadi. Lekin bunda pardoz berilgan buyum narxi qimmatlashib 
ketadi. Amalda esa, lok sarfini kamaytirish, pardozlash ishlarini 
arzonlashtirish uchun bо’yaladigan yuzalar oldindan gruntlanadi. 
Gruntlashda grunt yog’och rangi va teksturasini bekitmasligi kerak. 
Grunt о’rnida arzon loklardan foydalaniladi, ular yog’och yuzasiga, 
odatda, bir marta surtiladi. Shaffof lok-bо’yoq parda qatlamning 
tuzilish sxemasi, da kо’rsatilgan. 


159 
Agar yog’ochning tabiiy rangini о’zgartirish lozim bо’lsa, uning 
yuzasi gruntlashdan oldin yog’och teksturasini bekitmay faqat rangini 
о’zgartiradigan maxsus eritmalar bilan ishlov beriladi. e da yog’och 
yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan, j da esa yog’ochga plyonka 
(sintetik shpon) yopishtirib, keyin lok langan himoya qatlamining 
tuzilish sxemasi kо’rsatilgan. 1.41-rasmda kо’rsatilgan himoya 
qatlamlarning tuzilish sxemalari о’zgarmas emas. Amalda esa 
pardozlanadigan yog’och yuzalarining sifati, pardoz material xossalari 
va himoya qatlamiga nisbatan qо’yiladigan talablarga qarab bu 
sxemalardan istalgancha chetga chiqilishi mumkin. Yuqorida kо’rib 
о’tilgan strukturalarni hosil qilishda har xil pardoz materiallar: lok va 
bо’yoqlar, 
gruntovkalar, shpatlyovkalar, yelim va sintetik 
plyonkalardan foydalaniladi. Ular о’z navbatida dastlabki parda hosil 
qiluvchi moddalarning kо’p yoki oz miqdordagi murakkab 
kompozitsiyasidir. Bular ichida par da hosil qiluvchi moddalar asosiy 
о’rinni egallaydi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling