A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Bo’yoq sarflanishi. Bu ko’rsatgich 100 dan 3000 g/m2. Ko’p 
narsa bo’yalayotgan yuzaga bog’liq. 
 
 


150 
Bo’yoq turlari 
Har bir bo’yoqning fasad uchun ishlatishga mos keladigan 
taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril 
bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi. Biroq 
bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining 
xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin. 
Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi. 
Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi. Akril-
silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida 
mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va 
ishqalanishga chidamlidir. 
1-rasm. Bo’yoqlar. 
Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega 
ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga 
yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan 
himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga 
zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni keyingi 
bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir. 
Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan 
turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka 
chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U 
yaxshi sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi 
ranglari taqdim qilingan. 


151 
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, 
xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan 
buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. 
yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu 
tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek 
bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim 
plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi 
ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, 
yelimlashning 
mustahkamligi 
yopishtirilgan 
sirtlarga 
yelim 
eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga 
ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng 
ko’p ishlatiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling