A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Yog‘och-plitalar yuzasini qoplash


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

 
Yog‘och-plitalar yuzasini qoplash. Qog‘oz –smolali 
plyonkalar bilan yog‘och-taxtalar yuzasini qoplash, ya’ni laminirlash 
pardozlash texnologik jarayonidamuhim operatsiyadir. Hozirgi
vaqtda amalga bunday yo‘l bilan qoplashning ikki usuli mavjud: 
an’anaviy usul- bunda ko‘p qavatli gidravlik presslardan; qisqa taktli 
usulbunda ko‘p qavatli gidravlik presslardan foydalaniladi. Ko‘p 
qavatli presslarda va press sovitilmaydi. SHuning uchun ko‘p qavatli 
presslar davriy rejimda, bir qavatlilari esa uzluksiz ravishda ishlaydi.
21.3. Lok bo‘yoqlarni yuqori kuchlanishli elektr maydonida 
purkash. Elektor maydonida purkashda ishlatiladigan asbob-
uskunalar. Lok-bo‘yoq materiallarini botirib olish usulida 
qoplash 
Yog‘och plitalarni ko‘p qavatli presslarda laminatsiya usuli 
bilan pardozlash texnologiyasi an’anaviy usuldir. Bu usul bilan 
pardozlashning dastlabki sexlari xorijiy davlatlarda o‘tgan asrning 50-
yillarida bir qavatli presslarda foydalanib, laminirlash texnologiyasi 
esa undan 15 yil keyin (1967-1969 yillar) paydo bo‘ldi. Har ikki 
usulning o‘ziga xos kamchilik va afzalliklari bor.
Ko‘p qavatli presslash liniyasi bir qavatli pressga qaraganda 
katta ishlab chiqarish maydonini va shipi baland bo‘lgan binolarni 
talab qiladi. SHuningdek, press fundamenti yuk ortish va tushirish 
etajerkalari harakatlanishi uchun chuqur xandaklar talab etiladi. 
Ularning sig‘imi katta bo‘lib, ko‘p issiqlik va elektr energiyasi sarf
bo‘ladi. Liniyada avtomat elementlari tez ishdan chiqadigan qismlar 
juda ko‘p; yordamchi xodimlar soni ham anchagina. Texnologiyaga 
ko‘ra, presslangan paketni sovitish talab etilgani uchun issiqlik
agentini sovitish uchun maxsus qurilmalar quriladi.
Istish-sovutish siklida ishlatiladigan issiqlik uzatuvchi – moy 
qimmat turadi va unga bo‘lgan atlab ham juda yuqori. YOg‘och 


192 
qirindili taxtalar ust va tag tomonlariga plyonkalarni presslab 
yopishtirishda ular ma’lum vaqt davomida bosim ostida qoldiriladi. 
Bu kirishish kuchlanishini kamaytirishning birdan –bir yo‘lidir. 
Ko‘p qavatli presslarda laminatsiya usulining afzalligi 
quyidagilardan iborat: yaltiroqligi yuqori bo‘lgan qoplama olish 
mumkin; har xil qalinlikdagi, shu jumladan, qalinligi minimal (8 
mm.dan kichik) bo‘lgan taxtalarni qoplash mumkin; shuningdek, bir 
necha qavat qog‘oz-plyonka qo‘yib qoplamalar olish mumkin.
Ko‘p 
qavatli 
press 
o‘rnatilgan 
liniya. 
Avval 
aytganimizdek,dastlab faner va yog‘och-tolali taxtalar ko‘p qavatli 
presslarda laminirlab pardozlangan. Keyinchalik yog‘och-qirindili 
taxtalar ham liniyada laminirlana boshlandi. Bu usul endigina tatbiq 
etilgan vaqtlarda plyonkani presslash uchun 20-50 minut vaqt ketgan
edi. Tez qotuvchi smolalar retsepti yaratilgandan so‘ng, presslash
vaqti 10-12 minutgacha qisqaradi va bundan ham kamayishi uchun 
shart-sharoitlar mavjud ekanligi ko‘rsatib berildi. Quyidagi
pressning asosiy texnik tavsifi keltirilgan.
Umumiy presslash kuchi, kN
1250 
Maksimal solishtirma bosim, MRa 
2,2 
Press taxtalari o‘lchami, mm; 
Bo‘yi x eni x qalinligi 
2970 x 1900 x 65 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling