A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Havosiz purkagich qanday ishlaydi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Havosiz purkagich qanday ishlaydi 
Bo'yoq havosiz purkash, bo'yoq materiali yuqori bosim ostida 
(530 bargacha) yuqori bosimli shlang orqali purkagichga oqadi. 
Purkash tabancasında, havo purkashda bir necha baravar kam bo'lgan, 
juda kichik bir tasavvurga ega bo'lgan maxsus nozul mavjud. Ushbu 
nozul orqali bo'yoq yuqori bosim bilan püskürtülür va aniq 
belgilangan mash'ala hosil qiladi. 
Havosiz püskürtme bilan, qarshi pompasının yuqori bosimi, 
bo'yoqni havo tabancasıyla püskürtüldüğüne nisbatan ancha 
viskozleştirebilir. Shu sababli, bo'yoqning havosiz bo'yash usuli bilan 
bo'yoqning o'tkazuvchanlik koeffitsienti havo usuliga qaraganda 
ancha yuqori va bo'yash ishlarining mahsuldorligi havo purkagichidan 
bir necha baravar yuqori. 
Keyingi 30-40 yil ichida bir qator mamlakatlarda yog‘och 
taxtalarga termoreaktiv polimer smolalari shimdirilgan qog‘oz asosli 
plyonkalarni presslash yo‘li bilan yopishtirib pardozlash keng 
qo‘llanilmoqda. Dastlab bu usul bilan faner, yog‘och- tolali taxtalar 
(DVP) pardoz qilinar edi. Keyinchalik jahon bozorida yog‘och- 
qirindili taxtalar paydo bo‘lgach, ular ham bu material bilan pardoz 
qilina boshlandi. SHimiluvchi smola o‘rnida ko‘pincha melamin- 
formaldegid, karbamid- formaldegid va fenol- formaldegid smolalari 
ishlatiladi.
Qizdirilgan gidravlik press taxtalari orasida joylashtirilgan 
qog‘oz- smolali plyonkalar smolasi yuqori harorat ta’sirida 
yumshaydi. Oquvchan holatda o‘tgan smolaning bir qismi yog‘och 
taxtaga shimilsa, qolgani suyuq holda qog‘oz plyonka sirtida qoladi. 
Pressdagi bosim plyonkaning taxtaga bir tekisda tegib turishini 
ta’minlaydi. Presslash vaqtida qog‘ozga shimilgan smolada 
polikondensatlanish reaksiyasi nihoyasiga etib, to‘liq qotadi. 
Natijada, plyonkaning yog‘och – taxtaga adgeziyasi oshadi va plyonka 
sirtida yuqori fizik-mexanik xossasiga ega bo‘lgan smola-parda 
qatlami hosil bo‘ladi.
Laminatsiya usuli bilan pardozlanadigan yog‘och materiallar 
ichida yog‘och-qirindili plitalar (DStP) mebel tayyorlashda birinchi 
o‘rinda turadi.


191 
Yog‘och-plitalarni laminatsiya usuli bilan pardozlashning 
texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalarni o‘z ichida oladi: qog‘oz 
asosda tasvir tushirish; shimiluvchi smolani tayyorlash; qog‘oz-
smolali rlyonka bilan qoplash; qoprlangan taxtalarni bichish. Bu erda 
biz faqat yog‘och- taxtalarni qog‘oz-smolali plyonka bilan qoplash 
operatsiyalari va bundan keyin bajariladigan ishlar bilan tanishib 
chiqamiz.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling