A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Nazorat savollari:
1. Tadbirkorlik tushunchasini izohlab bering. 2. Tadbirkorlik turlari. 3. Mahsulot ishlab chiqarish. 33-MAVZU. TAYYOR BUYUM VA MAHSULOTLARNI SOTISH, REKLMA QILISH VA MARKETING Tayanch so’zlar: tayyor buyum, sotish, reklama qilish, ishlab chiqarish, oziq-ovqat, sanoat, bozor, tovar, to’qimachilik, mebelsozlik. 33.1. Tayyor buyum va mahsulotlarni sotish, reklma qilish mahsulotni sotish Yalpi daromad va foyda tadbirkorni harakatga undovchi sabablardan biri – bu foyda olishga intilishdir. Foyda hajmi qanchalik katta bo‘lsa, bu tadbirkor uchun o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va faoliyatini yanada kengaytirishga imkon yaratadi. Tadbirkorlik foydasini aniqlash uchun yalpi daromad tushunchasini ham farqlash kerak. Yalpi daromad – mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish natijasida olingan pul mablag‘lari miqdori. Aytaylik, siz korxonangizda bir oy davomida 100 ming dona daftar ishlab chiqardingiz. Har bir daftarning narxi 1 000 so‘m. Agar barcha daftarlar sotilgan taqdirda, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100 000 × 1000) ga teng bo‘ladi. Biroq korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligini aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. U quyidagicha aniqlanadi. Pr = TR – TC Bu yerda: Pr (profit) – foyda; 239 TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tushum); TC (total cost) – umumiy xarajatlar. foyda – korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan musbat farq. Yuqoridagi misolda ko‘rsatib o‘tilganidek, sizning korxonangizda daftar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonangizning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, foydaga erishish uchun pul daromadlari xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki ayrim holatlarda xarajatlar pul daromadlaridan oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi ham mumkin. Ushbu holat zarar deb ataladi. Masalan, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m bo‘lgani holda, xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz foyda o‘rniga 10 mln. so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun korxona xarajatlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi. Foydaning taqsimlanishi sizning korxonangizning dastlabki moliyaviy natijasi yalpi foyda ko‘rinishida bo‘ladi. Yalpi foyda – bu yalpi daromad yoki tushumdan ishlab chiqarish xarajatlarining farqidir. Biroq siz hali yalpi foydani to‘liq o‘z ixtiyoringizga ko‘ra ishlata olmaysiz. Buning uchun, avvalo, korxona yalpi foydasini taqsimlash zarur bo‘ladi. Birinchi navbatda yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga soliqlar to‘laydilar, turli xayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling