A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Yog’ochni yonishdan saqlash maqsadida quyidagi mineral tuzlar


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Yog’ochni yonishdan saqlash maqsadida quyidagi mineral tuzlar 
eritmalaridan foydalaniladi 
Ammoniy xlor 
NH
4
Cl 
Ammoniy sulfat 
(NH
4
)
2
SO
4
Bura 
Na
2
B
4
O
7
.
10H
2

Fosforli ammoniy 
(NH
4
)
2
HPO
4
3.5. Gidrofob yog’och ishlab chiqarish 
Ma’lumki quruq yog’och suvni yutish xossasiga ega, bunda 
tarkibida uglevod xarakterli suvda bo’kuvchan moddalar o’rin 
tutganligi sababli uning o’lchamlari kattalashadi. Quritilganda 
yog’och o’lchamlari kichiklashadi, kirishadi va tob tashlaydi. Bu 
yog’ochning kamchiligi hisoblanadi, ayniqsa yog’ochdan aniq 
o’lchovdagi materiallar tayyorlanishi lozim bo’lsa. Suvda yog’och 
ko’p vaqt tursa uning hajm og’irligi birdan oshib ketadi va natijada u 
suvda chukib ketadi. Yana yog’ochning namligi ortib borishi bilan 
uning mexanik pishiqligi kamayadi. Nam holatda yog’och bir qadar 
elektr o’tkazuvchan bo’lib qoladi. Ko’rsatilgan barcha sabablar 
yog’ochni ba’zi texnika sohalarida qo’llanilishini cheklab qo’yadi.
Yog’ochni suv yutmaydigan va quritilganda tob tortmaydigan 
bo’lishi uchun u gidrofob xossa beruvchi moddalar bilan ishlanadi. 
Yog’ochga gidrofoblik xossasini berishni bir necha usullari mavjud. 
Yog’och tolasini biror xil gidrofob moddalar: bakelit, kauchuk, smola 
va boshqalar yordamida suv ta’siridan saqlash mumkin. Bu maqsadda 
yog’och bu moddalarning spirtli yoki boshqa eritmalari bilan 
shimdiriladi va erituvchini chiqarib yuborish uchun quritiladi. Bunda 
yog’och suv ta’siridan qisman himoyalanadi. 
Yog’ochga gidrofoblik xossasini kauchuk, eritilgan parafin yoki 
boshqa mos uglevodorodlar bilan shimdirish orqali ham berish 
mumkin. Yog’ochni 70 - 100° C haroratda uzoq vaqt qizdirish 
natijasida uni namlik yutishini 25 - 30% gacha kamaytirish mumkin. 
Yog’ochga gidrofoblikni yana uni eterefikatsiyalash orqali ham berish 


39 
mumkin. Yog’ochni gidrofobligini oshirish uchun ba’zida uni yuza 
qismini suv o’tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi (bo’yoq, lok 
va boshqalar). 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling