A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Parda qatlamning himoya qilish xususiytlari. Yog’och va


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

3.3. Parda qatlamning himoya qilish xususiytlari. Yog’och va 
parda qatlamlarining dekorativligi. Yog’ochni chirishdan saqlash 
uchun shimdirish 
Yaxshi sharoitda yog’och ming yillar davomigacha saqlanishi 
mumkin. Lekin namlikni o’zgarib turishi va zararli zambrug’, 
bakteriya va hashoratlar ta’sirida yog’och tez buziladi, ya’ni ishdan 
chiqadi. Daraxtni chirishi xalq xo’jaligiga katta zarar keltiradi. 


37 
Shuning uchun daraxtni xizmat muddatini uzaytirish maqsadida u 
shimdiriladi. Yog’och shimdirilganda uni xizmat qilish muddatini 
ishlatilish sohasi bo’yicha 3 martadan 10 martagacha oshirish 
mumkin. Saqlanishi lozim bo’lgan yog’och materiallar - bu shpallar, 
ustunlar, kema va gidrotexnik inshootlar, ko’prik va port inshootlari, 
damba va boshqalrdir. Ayniqsa konlardagi yog’och konstruktsiyalar 
yuqori harorat va namlik ta’sirida tez ishdan chiqadi. Yog’ochni 
zambrug’lar va bakteriyalar ta’siridan himoyalovchi vositalar sifatida 
organiq va noorganiq moddalar - antiseptiklardan foydalaniladi. 
Antiseptiklar zaharlovchi xususiyatga ega bo’lib, bunda uni 
ta’siri zamburug’ va bakteriyalarni zararsizlantirishi, hamda inson va 
hayvonlarga ta’sir qilmasligi lozim. Ular yog’ochni ishdan 
chiqarmasliklari va yog’ochga tegib turgan materiallarga ham ta’sir 
qilmasliklari, uzoq vaqt davomida suvda yuvilmasliklari kerak. 
Antiseptiklar arzon va tez shimiluvchan bo’lishlari lozim. 
Antiseptiklarga quyidagilar misol bo’la oladi 
Natriy ftor
NaF 
Natriy xlor
NaCl 
Sink xlor
ZnCl
2
Mis sulfat
CuSO

.
5H
2

Simob xlor 
HgCl
2
3.4. Olovbardosh yog’och ishlab chiqarish 
Yog’ochdan energetik maqsadda foydalanilganda uni yonishi va 
issiqlik ajratishi ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa holatlarda bu katta 
zarar keltirishi mumkin. Masalan qurilishda yoki pardozlovchi 
material sifatida ishlatilinadigan yog’och yong’indan xavfsiz 
bo’lmog’i lozim. 
Yog’ochni yonishdan himoyalash uchun shunday sharoit 
yaratilishi kerakki bunda yog’och havo bilan bog’lanmasin. Bu 
maqsadda yog’ochni shimdirishda qo’llaniladigan moddalar yog’och 
qizdirilganda bug’lanib yoki parchalanishlari yoki yonmaydigan gazli 
parda hosil qilib, yog’ochni o’rab olishlari kerak. Shuningdek 
qizdirilganda oson yumshab yog’ochni havo o’tkazmaydigan qatlam 
bilan qoplab oluvchi moddalardan ham foydalanilsa bo’ladi. 
Yog’ochni kimyoviy tuzilishini o’zgartirish orqali ham uni yonish 


38 
qobilyatini kamaytirish mumkin, masalan atsetillab. Ba’zan yog’och 
shimdirilmay, u olovdan himoyalovchi bo’yovchi moddalar bilan 
qoplanadi. Bu usullarni birortasi ham yog’ochga beton yoki tosh kabi 
mutlaqo yonmaslik xossasini bermaydi, lekin ishlov berilgan 
yog’ochlar oddiy yog’ochga nisbatan ancha xavfsizdir. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling