A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalash sirkullari
6-rasm. Universal go’niya.
4.7. Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblarni ishlatish texnologiyasi Chizg’ichlar to’g’ri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, chizg’ich ham, o’tkir chizg’ichlar ham ma’lum qalinlikka ega, shuning uchun chizg’ichni chiziladigan chiziqdan bir oz nari ushlab turish kerak. Shunda chiziq zarur joyga chiziladi. Ish qirralari bir oz qiya chizg’ichlarni ishlatish juda qulay. Ularni qo’llaganda rejalash aniqligi oshadi. Go’niyalar to’g’ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi. Rejalashda yassi chilangarlik go’niyalari, yo’g’on tokchali (anlaj) go’niyalar, T-simon tokchali go’niyalar qo’llaniladi. Yassi chilangarlik go’niyasi eng qulay va ko’p ishlatiladigan qurol hisoblanadi. Lekin uning yordamida perpendikulyar chiziqlarni yetarli aniqlikda chizib bo’lmaydi. Bo’nga sabab, birinchidan, go’niyaning burchagi har doim bir oz ezilgan bo’ladi va uni perpendikulyar chiqariladigan joyga ko’z bilan chamalab qo’yiladi; ikkinchidan, berilgan to’g’ri chiziqning ikki tomoniga perpendikulyar o’tkazishda oldin to’g’ri chiziqning yuqorisiga, keyin ostiga perpendikulyar chizishga to’g’ri keladi. Buning uchun go’niyani yuqoridan pastga olib qo’yish kerak bo’ladi. Bunda, albatta, xatoga yo’l qo’yiladi. Anlaj go’niya yoki T-simon tokchali go’niyani qo’llaganda ularni detalning ishlov berilgan sirti yoki rejalash plitasi bo’ylab yurgizish mumkin. Bunda vertikal chiziqlar osongina xatosiz chiziladi. Rejalash sirkullari aylanalar, yoylar chizishda, kesmalarni qismlarga bo’lishda, o’lchamlarni ko’chirish va h.k. larda ishlatiladi. 50 Oddiy, prujinali va almashtiriladigan oyoqli tsirkullar bo’ladi. Rejalashda 0,05 mm aniqlikdagi shtangen-tsirkullar keng ishlatiladi. Oddiy tsirkullar sharnir 2 bilan biriktirilgan ikki oyoq 1 dan iborat. Ularning biriga o’yiqli skoba 3 parchinlangan, ikkinchisidan vint 4 bor. Vint 4 ni burab, tsirkul oyoqlarini zarur vaziyatga o’rnatish mumkin. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling