A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Metall qaychilar, ularni ishga sozlash, qirqish usullari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

4.9. Metall qaychilar, ularni ishga sozlash, qirqish usullari 
Metall qirqish asboblari. Chilangarlik o’quv ustaxonalarida 
metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o’lchami va 
ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall 
qirqish asboblari ishlatiladi. Chilangarlik qaychilari dastaki va richagli 
(mexanik) qaychilarga bo’linadi. O’quv ustaxoialarida, ko’pincha 
dastaki qaychilar ishlatiladi (7-rasm).
7-rasm. Dastaki qaychi. 
Dastaki qaychilar dasta va tig (ish qism) lardan iborat bo’lib, U7, 
U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi. Dastaki 
qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo’lgan temir tunukalar va 
qalinligi 2 mm gacha bo’lgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. 
Dastaki qaychilar o’naqay va chapaqay bo’ladi. O’naqay qaychining 
pastki tig’i o’ng tomonda, chapaqay qaychiniki esa chap tolonda 
joylashgan bo’ladi. O’naqay qaychi bilan soat strelkasi yo’nalishida, 
chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo’nalishda qiyiladi. 
Qaychi tig’lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar 
uchun 60-65°, temir tunukalar uchun 70-75º burchak ostida 
charxlanadi. Qaychi tig’larini o’rnatganda ular orasida 0,2 mm zazor 
qoldiriladi. Tig’lar orasidagi zazor ortib kesa, qiyish qiyinlashadi, 
qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish 
vaqtida qaychining gaykasi bo’shab ketsa, uni qotirib olish kerak. 
Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qo’yiladigan metallning 
qalinligiga qarab qaychini qo’lda tutib yoki qisqichga o’rnatib olib 
qiyish mumkin. Dastaki qaychilar bir qator afzalliklariga ko’ra 
qaychini qisqichga o’rnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan 
qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va to’g’ri qiyiladi.
Qalinligi 1 mm dan ortiq temir tunuka va listlarni qiyishda 
richagli qaychilar bilan bir qatorda kundaga o’rnatiladigan 


53 
qaychilardan foydalanish qulaydir, chunki ularning dastasi (yelkasi) 
uzun bo’lib, qiyish vaqtida ortiqcha kuch qo’yilmaydi (2.9-rasm). 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling