A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Prujinali sirkullar. Sirkulning yuqori qismidagi yassi prujina 2 
oyoqli 1 ni o’q 3 atrofida burishga va ularni kerishga intiladi, vint 5 va 
qirqma gayka 4 bo’nga qarshilik qiladi. Gaykani aylantirib, tsirkulni 
istalgan vaziyatga o’rnatish mumkin. Tsirkullarning oyoqlari 45, 50 
markali po’latdan yasaladi va toblanadi. Tsirkulning asosiy o’lchami 
eng katta kerilgan oyoqlar o’rtasidagi masofa hisoblanadi. Oddiy 
tsirkullar 280, 350, 430 va 500 mm, prujinali sirkullar 50, 80, 120 va 
150 mm o’lchamli qilib ishlab chiqariladi.
Kernerlar rejalash chiziqlarining o’rnini aniqroq belgilash 
uchun ishlatiladi. Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar 
tushiriladi. Oddiy, mexanik va elektr kernerlar ishlatiladi. Oddiy 
kerner ish qismi, o’rta va zarb qismlardan iborat bo’ladi. Ish qismi 
konussimon qilib yasaladi. Rejalash chiziqlarini kernlash uchun ish 
qismi 60º, teshiklarning markazini belgilab olish uchun 75º burchak 
ostida o’tkirlanadi. Bu chuqurroq chuqurchalar tushirishga imkon 
beradi. O’rta qism, ya’ni silindrik to’rsimon g’adir-budir qilib 
yasalgan. Kernerning zarb qismining uchi dumaloqlangan konusdan 
iborat Shunday tuzilganligi tufayli zarb barcha vaqt qurolning 
markaziga aniq tushadi. Kernerlar U7 va U8 markali uglerodli 
asbobsozlik po’latidan yasaladi. Zarb beradigan va ish qismi 
toblanadi. Kernerlash uchun 100-200 g li bolg’a ishlatiladi. Mexanik 
kerner korpus 4, uning ichidagi prujina 1, yassi prujina 5 li polzun 3, 
vtulka 6, prujina 7 li kerner 9 dan iborat. Prujina 7 yo’naltiruvchi 
vtulka 8 ichida harakat qiladi. Korpusga yuqoridan kallakli gayka 2 
burab qo’yilgan. Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq ustida tik 
ushlab, kallagi bosiladi. Bunda korpus va yo’naltiruvchi vtulka pastga 
suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi bilan polzunni bo’shatadi. 
Polzun prujina ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan 
rostlanadi. 
Elektr kerner  korpus 1, elektromagnik 4 va o’zak 3 dan iborat. 
Elektr toki o’tganda elektromagnit g’altagi o’zakni tortadi. O’zak 
pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik 5 ga zarb bilan uriladi. 


51 
Kernlash paytida elektr kerner chiziq ustiga qo’yiladi va uning 
korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr kontaktlarni 
tutashtiradi, elektromagnit zanjiri ulanadi va uchlikka zarb tushadi.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling