A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Rаngli mеtаllаr vа qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

4.5. Rаngli mеtаllаr vа qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri 
 Turmushda ishlab chiqarishda rangli metallar va ularning 
qotishmalaridan ko’plab foydalaniladi. Rangli metallarga - temir va 
uning qotishmalaridan boshqa barcha metallar kiradi. Ular to’rt 
guruhga bo’linadi:
1) Og’ir metallar;
2) Yengil metallar;
3) Asl metallar;
4) Nodir metallar. 
3-rasm. Rangli metal namunalari. 
Og’ir metallar gruppasiga mis, nikel, qo’rg’oshin, qalay, kadmiy, 
kobalt, mishyak (margimush), surma, vismut, simob (s. OG’. 5- 13,6 
g/sm
3
); yengil metallar gruppasiga alyuminiy, magniy, titan, natriy, 
beriliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (s. or. 0,53-5 g/ sm
3
); asl 
metallar gruppasiga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, 
ruteniy va palladiy; nodir metallar gruppasiga volfram, molibden, 


46 
tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, 
reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyrak yer metallar (lantan va 
lantanoidlar), radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran 
va transuran metallar) kiradi. Rangli metallning ko’pchiligi tabiatda 
sof holda uchraydi.
4.6. Metallga ishlov berishda o’lchov rejalash asboblari. 
Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblari turlari va 
tuzilishi 
O’lchash va rejalash asboblari - turli kattalik parametrlarni 
o’lchab va nazorat qilib turishda ishlatiladigan vositalar hisoblanib, 
taqqoslovchi va ko’rsatuvchi turlari bor. Taqqoslovchi qo’lda o’lchash 
asboblari o’lchanayotgan kattalikni mavjud kattalik yoki namunaga 
nisbatan aniqlaydi. Ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblari esa 
o’lchanayotgan kattalikni hech qanday namuna yoki qo’shimcha 
asbobsiz, bevosita o’lchab, uning qiymatini o’z shkalasi 
ko’rsatkichlarida ko’rsatadi. Ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblari 
o’z navbatida, vizual (ya’ni bevosita ko’rsatuvchi, mos, ampermetr
voltmetr, taxometr, termometr, soat, tarozi va boshqa) va o’zi 
yozadigan (barometr, ossillograf, bosim indikatora va boshqa) 
turlarga bo’linadi. Bular o’lchanayotgan kattalikning ma’lum vaqt 
davomida birin ketin olinayotgan qiymatlarini maxsus lentaga egri 
chiziq yoki nuqtalar tarzida yozib boradi. Integrallovchi (jamlovchi) 
asboblar ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblarining alohida bir 
guruhini tashkil qiladi. Bular o’lchanayotgan kattalikning ma’lum vaqt 
davomidagi qiymatlari yig’indisini ko’rsatadi (masalan, elektr 
schyotchik, spidometr va boshqalar). Ishlash prinsipiga ko’ra, qo’lda 
o’lchash asboblari qo’l va avtomatik turlarga bo’linadi. Qo’lda 
o’lchash asboblari chizg’ichlar, kalibrlar, shtangensirkullar, reysmus 
va boshqa. Avtomatik qo’lda o’lchash asboblarining rostlovchi va 
o’lchov xillari bor. Rostlovchi avtomatik qo’lda o’lchash asboblari 
o’lchanadigan kattalikning ma’lum qiymatiga rostlab qo’yiladi; bu 
kattalik shu qiymatidai og’ishi bilan maxsus moslama (masalan, rele, 
viklyuchatellar va boshqa) ishga tushib, kattalik yana belgilangan 
qiymatiga qaytadi. Avtomatik o’lchovchi qo’lda o’lchash asboblari 
o’lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatidan o’tgan paytlarda emas
balki shu qiymatga yerishgan paytlarda, ya’ni davriy ravishda ishga 


47 
tushadi va o’zidan o’tayotgan narsani o’lchab turadi (masalan, 
sochiluvchan yoki suyuq jismlarni bir me’yorda o’lchaydigan 
avtomatik tarozilar va boshqa). Mashinasozlikda, asosan, detallarning 
chiziqli va burchakli o’lchamlarini, qattiqligi, elastikligi va boshqa 
mexanik xususiyatlarini, shuningdek detallarning sifatini aniqlash 
uchun mo’ljallangan qo’lda o’lchash asboblari qo’llaniladi. Bular 
shtrixli asboblar (masshtabli chizg’ich, shtangensirkul, mikrometr va 
boshqa) richagli indikatorli asboblar (indikator, nutromer va boshqa), 
burchak va konus o’lchash asboblari (guniya va boshqa) va 
kalibrlardir. Aniq o’lchash uchun chekli o’lchash asboblari va optik 
o’lchov asboblari ishlatiladi. Metalldan buyumlar yasashda uning 
detallari o’lchab va rejalab olinadi. Bunda millimetrli lineyka, 
chizg’ich, kronsirkul, shtangensirkul kabi o’lchash va rejalash 
asboblaridan foydalaniladi.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling