A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Masshtabli lineyka


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

3-rasm. Masshtabli lineyka. 
Masshtabli lineyka ensiz, yupqa po’lat polosadan iborat. Uning 
yuzasiga millimetrli, santimetrli masshtab birliklari tushirilgan bo’lib, 
U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridai quyidagi 
o’lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 150 mm dan 1000 mm gacha, eni 
11 mm dan 30 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan 1,5 mm gacha. 
Lineyka po’latdan tayyorlanib, uning yordamida detallarning 
o’lchamlari belgilanadi va tekshiriladi. Chizg’ich esa detallarning 
konturini chizishda ishlatiladi. Kronsirkul doiraviy shakldagi detallar 
diametrini o’lchashda qo’llaniladi. 


48 
4-rasm. Chilangarlik chekichi (kerner). 
Chilangarlik chekichi (kerner) reja chiziqlarining o’chib 
ketishini hisobga olib, ularning ustidan nuqta tushirish, markazlarni 
belgilash, parma o’rnini chekish uchun ishlatiladi. Chekichlar U7A, 
U8A markali uglerodli, 7XF, 8XF markali legirlangan asbobsozli 
po’latlaridan tayyorlanadi va toblanadi.
Uzun o’lchamdagi rejalarni 25, 60, 1-00 mm oraliqlarda, qisqa 
o’lchamdagi, shuningdek, egri chiziqli rejalarni 5-10 mm oraliqlarda 
chekiladi. Chekichlarning o’lchamlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. 
№ 




D
1
 
D
2
 


90 
45 
35 
10 


60 
0

120 
65 
45 
10 
10 

60 
0

150 
88 
50 
12 
12 

60 
0
Transportir chilangarlik o’quv ustaxonasida tunuka va listlardan 
andazalar (masalan, duradgorlikda tirnoq chiqarish va quloq ochishda, 
zubilo va kreysmeysellarning turli burchaklarda charxlanganligini 
tekshirishda ishlatiladigan va hokazo) tayyorlashda har xil 
burchaklarni 
rejalashda, 
laboratoriya-amaliy 
mashg’ulotlarda 
chizmalar chizishda oddiy transportirdan foydalaniladi. Universal 
burchak o’lchagich (uglomer). Turli xil burchaklarni o’lchash va 
rejalashda chilangarlik go’niyalari va transportir bilan bir qatorda 
universal burchak o’lchagichlar ham ishlatiladi.


49 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling