Tayanch so‘zlar va iborala


Download 0.66 Mb.
bet1/5
Sana24.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1654288
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ASFALTBETON QOPLAMALARINI BUZILISH SABABLARINI O‘RGANISH VA UNI XIZMAT QILISH MUDDATINI OSHIRISH YO’LLARI


ASFALTBETON QOPLAMALARINI BUZILISH SABABLARINI O‘RGANISH VA UNI XIZMAT QILISH MUDDATINI OSHIRISH YO’LLARI


Tayanch so‘zlar va iborala
To‘shama,asos, qoplama, a/b ,s/b.
Avtomobillar xarakatini yil davomida ta’minlash uchun yo‘lning qatnov qismiga yo‘l to‘shamasi quriladi.
Yo‘l to‘shamasi qattiq manolit tuzilmasi materiallardan iborat bo‘lib iqlim omili va transport vositalari ta’siriga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.
Ko‘p qavatli yo‘l to‘shamalarida avtomobil sildiraklaridan tushayotgan kuchlanish. Bu kuchlanishning qiymati chuqurlik oshgan sari kamayib boradi. Bu yil to‘shamasini ko‘p qavatli loyixalashni imkonini beradi.
Yo‘lto‘shamasida quyidagi qatlmalar bo‘ladi:

  1. ustki yuza ishlov berish;

  2. mayda donali asfaltobeton;

  3. yirik donali asfaltobeton;

  4. yopishqoq materiallar bilan ishlangan chaqiq tosh;

  5. chaqiq tosh;

  6. qum.

Qoplama – bu yo‘l to‘shamasining suv o‘tqazmaydigan eng yuqorigi qatlami bo‘lib qimmatbaxo va mustaxkam tosh materiallar qorishmasidan tashkil topgan bo‘ladi. Qoplama tabiiy ta’sirlarga (quyosh, yomg‘ir, qor) va avtomobil sildiragidan tushayotgan kuchlanishga bardosh bera oladigan bo‘lishi kerak.
Qoplama yo‘lning eng zarur foydalanuv sifatlarini, ravonligini, sildirakni qoplama bilan tishlashish sifatlarini ta’minlaydi.
Asos – bu yil qoplamasini ko‘tarib turuvchi qismi bulib, tosh materiallardan boslovchi materiallar bilan mustaxkamlangan tuproqdan iboratbo‘ladi.
Asos avtomobil sildiraklaridan tushayotgan kuchlanishni qoplama orqali qabul qiladi va o‘zidan pastki qatlamlarga taqsimlaydi. Asos avtomobil g‘ildiragidan tushayotgan kuchlanishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmaganligi uchun asos materiallarining mustaxkamligini qoplamasiga nisbatan kichikroq qilib olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Asos bir qancha qitlamlardan tashkil topishi mumkin.
Asosning qo‘shimcha qatlami – namlanishga ustivor bo‘lgan materiallardan tashkil topgan bo‘lib yo‘l to‘shamasiga yer osti suvlariningta’sirini kamaytirib turadi, shu bilan birga to‘shamaning muzlash chuqurliligini kamaytiradi.qisqacha kilib aytganlanda tekislovchi qatlam vazifanini o‘taydi.
Yo‘l to‘shamasini foydalanuvchi sifatlari- xarakatning qulayligini va xisobiy tezlikni ta’minla bera oladigan qoplama bilan aniqlanadi. Yo‘l qoplamasining quyidagi turlari mavjud:
Asfalttobeton qoplama – qoplamaning eng takomillashgan turi. Ularni mustaxkam asosga 1 va 2 qatlamli qilib quriladi. Asfalttobeton qorishmasi qo‘yidagi materiallardan tashkil topgan.
Chaqiq tosh, qum, bitum, mineral kukuni.
Asfalttobeton ularning tarkibidagi chaqiq tosh fraksiyasiga qarab yirik donali (40 mm ga mavjud 20 mm gacha) – qumli turlarga bo‘linadi (5 mm gacha). Syementobeton – katta monolit plitali va kuchlanishga yuqori qarshilikni o‘zida xosil qiladi. Ular aloxida 34 va 67 o‘lchamda 18 sm dan 24 sm gacha qalinlikdagi plitalardan quriladi. Plitalar bir biri bilan chonlar bilan ajratiladi. Syementobeton qoplamalar yisma va monolit xolda quriladi. Ko‘ndalang va bo‘ylama choklardan iborat bo‘ladi.
Organik yopishqoq boslovchilar bilan ishlangan shasal va chaqilgan toshli qoplama – bitum va tosh bo‘laklarini mastaxkam birishiga evasiga xosil qilinadi. Bu qoplamalar avtomobil xarakatidan kelayotgan ta’sirlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatma oladi. Bu qoplama yoki joyida aralashtirish usumdaxosil qilinadi.
Ustki yuza ishlov berish – yuqa ximoyalovchi qatlam yo‘l to‘shamalari yuzasiga 2-2,5 m/m2 bitum to‘kish yo‘li bilan, so‘ngra ustidan chaqilgan tosh zarrachalarini sepib, zichlash orqali xosil qilinadi.
Chaqilgan toshli qoplama – yaxshi zichlangan va pardozlangan chaqilgan tosh qatlamlaridan iborat.
Bundan tashqari qoplamalar shasalli mostlovchi, mustaxkamlangan gruntlardan va gruntlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Yo‘l to‘shamalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- takomillashgan kapital (asfaltobeton, syementobeton)
- yengillashtirilgan (asfaltobeton, organik materiallar bilan qorilgan);
- o‘tuvchi (shag‘alli, chaqiq toshli, mostovoy);
- past turdagi (QSHQ, tosh materiallar must. tuproq);
Yo‘l to‘shamalari avtomobil yo‘llarining eng qimmat turuvchi qismi xisoblanadi. Unga ketadigan sarf xarajatlar bitum yo‘lga ketadigan mablag‘ning 60% ni tashkil qiladi.
Yo‘l to‘shamasiga bevosita transport nagruzkalari ta’sir qiladi. Yo‘l to‘shamalari eng murakkab sharoitda ishlaydi.
Yo‘l to‘shamasini loyixalash 2 ta ketma-ket bajariluvchi bosqichlardan tashkil topgan.

  1. tuzilmani tanlash;

  2. xisob ishlari.

Nagruzkalar ta’sirida ishlashidan kelib chiqib bitum, yo‘l to‘shamasini 2 ta guruxga ajratish mumkin.
- qattiq;
- qattiq emas.
Qattiq yo‘l to‘shamalari – bu syementobeton to‘shamalaridan iborat.
Qattiq emas yo‘l tushama – bu egilishga kam qarshilik qiluvchi to‘shamalar. Bularga syementobeton to‘shamalaridan boshqa xamma to‘shama kiradi.
o‘l tushamasining ishlash qobiliyatiga tabiiy faktorlarining ta’siri.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling