Tayanch so‘zlar va iborala


Download 0.66 Mb.
bet2/5
Sana24.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1654288
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASFALTBETON QOPLAMALARINI BUZILISH SABABLARINI O‘RGANISH VA UNI XIZMAT QILISH MUDDATINI OSHIRISH YO’LLARI

Suv.Shamol,qor, quyosh, tempratura, sinish, o‘yilish, iz, surilish, yedirilish, yoriq.
Avtomobil yo‘llariga bir qancha tabiiy faktorlar ta’sir etadi – suv, shamol, temperaturaning o‘zgarishi; qor va boshqalar.
Yo‘l qurilishi davrida ko‘tarmani kerakli baladlikkacha ko‘tarish, yo‘lni ustidan suvlari xam qilish, ya’ni yo‘lga 2 tomonlama ko‘ndalang qiyalik berish suvlarni yo‘l bo‘ylab oqizish uchun yon ariqchalarni qurish, yo‘lni qordan saqlovchi daraxtlar o‘tqazish tadbirlari amalga oshilgan edi. Lekin bu tadbirlar yo‘lni tabiiy omillardan mutloq xalos etiladi.
Tabiiy omillar xammadan ko‘p yo‘l to‘shamasiga ta’sir etib, avtomobillar xarakati ta’siri bilan qo‘shilib, uning buzilishiga olib keladi.
Quruq issiq kunlari mukammallashtirilgan yo‘l to‘shamalari 60-70 S gacha qiziydi. Buning natijasida qoplama tarkibidagi bitumning xossalari yomonlashadi . qoplama yumshoqlanadi, bu ayniksa tarkibida bitum ko‘p bo‘lgan qoplamalarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Qishda, temperaturaning keskin pasayishi natijasida asfalttobeton qoplamalari yuzasida mayda yoriqlar paydo bo‘ladi.
Syementobeton koplamalari butun qalinligi bo‘yicha bir xil ismaganligi uchun yeyila boshlaydi. Syementobeton plitalarning grunti asos bilan ishkalanishi plitaning temperatura kengayishi va siqilishiga qarshilik qiladi.
Yo‘llardan foydalanish tajribasidan ma’lumki,qoplamaning yoyilishi quruq xolda qaraqanda qo‘l xolatda ko‘proq bo‘lar ekan. Demak 1,5 marta ko‘p. Baxor va kuz oylarida qoplama yuzasidagi suv muzlaydi, buqoplama qovushqoqligini kamaytiradi.
Avtomobillar yo‘l bo‘ylama xarakatlanganda yo‘l qoplamasiga o‘z silkinishini uzatadi, gorizontal kuchlar ta’sir etadi va bular yo‘l to‘shamasining diformasiyasini paydo bo‘lishga olib keladi sinish, o‘yilish iz, to‘lqinsimon deformasiya, yedirilish.
Sinish – yo‘l to‘shamasining butun qalinligi bo‘yicha sinadi. Sinish avtomobil sildiragi tushadigan izlarda, paydo bo‘ladi. Bu xolat tuproqning namligi ortib ketganda, og‘ir yuk avtomobillari o‘tganda bo‘ladi.
O‘yilish – qoplamaning ba’zi yerlarini sildirakni notekisliklardan o‘tganda urilishdan xosil bo‘ladi.
Iz – qattiq qoplamali avtomobil yo‘lllarida bir izdan avtomobillar ko‘plab xarakatlaganda qoplamaning pasayishi sildirak izi bo‘ylab. Bu xolat qoplamaning kengligi 4,5-5,5 m bo‘lganda ro‘y beradi.
Surilish – avtomobillarning intensiv sekinlanadigan joylarda ro‘y beradi (chorraxa, pastga tushish, avtobus to‘xtash joylari).
Yedirilishi- qoplamaning bir tekis qalinligini kamayishi. Yedirilish sildirakni qoplama bilan ishqalanishidan ro‘y beradi.
Yo‘llarda ana shu kamchiliklar bo‘lmaganida avtomobil xarakati ravon va tekis amalga oshiriladi.
Shuning uchun yangi yo‘llar foydalanishga topshirilishidan oldin 3 metrli reyka yordamida tekshiriladi.
3 m li reyka yo‘lning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha joylashtirilib, qoplama bilani reyka o‘rtasidagi yoriq o‘lchab qurishadi.
Asfaltobeton va Syementobeton qoplamalari uchun –0,5 m dan, chaqilgan tosh va shasalli qoplamalarda 1,5 sm dan oshmasligi kerak.
Yo‘lning notekisligiga sadir-budirlik elementlarini ko‘rsatish mumkin, qayisiki avtomobil sildiragi bilan tishlashish xosil bo‘lishidagi mayda o‘nqir – chunqirliqlar. Bu o‘tqir cho‘nqirliklar qoplama yuzasi bilan sildirak o‘rtasida teklashish xosil qiladi va ijobiy omil xisoblanadi.
Sadir-budirliklar balandligi ishqalanish koeffisiyenti qiymatini oshishida katta axamiyatga ega.
Buning uchun 25-75 sm3 qum qoplamaga dumaloq shaklda to‘kiladi chizsich bilan tekislanib o‘rtacha notekislik balandligi o‘lchanadi.

Yo‘l qoplamasining yaxlitligi va rovonligi harakat xavfsizligining asosiy omillaridan biridir. Shu bilan birga, yo‘l ekspluatasiyasi jarayonida turli xil deformasiyalar va qoplamaning buzilishlari paydo bo‘ladi, masalan, qoplama yoriqlair, siljishlari, chuqurliklar va boshqalar. Bu esa o‘z navbatida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu maqolada deformasiyalarning asosiy turlari, ularning sabablari va ularning paydo bo‘lishini tadqiq qilish haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar: asfaltbeton qoplama, qoplama deformasiya, bo‘ylama va ko‘ndalang deformasiya, yoriqlar, transport oqimi, norovonlik, qoplamaning ilashish qobilyati.
Yo‘lning ekspluatasion davriga va sifatiga transport oqimida og‘ir avtomobillar sonining doimiy ko‘payishi va harakat tezligining oshishi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu tendensiya yaqin kelajakda ham davom etishi mumkin. O‘tgan asrning 70-yillarida yo‘l qoplamalarini loyihalashda va yo‘l-transport infratuzilmasini shakllantirishda ushbu omillarni yetarli darajada baholamaslik avtomobil yo‘llarining katta hajmda butunlay vayron bo‘lishiga olib keldi. Yo‘l qoplamasidagi yoriqlar, to‘lqinsimon deformasiyalar, cho‘kishlar va chuqurliklar, harakatlanuvchi yuk va o‘zgaruvchan ob-havo va iqlim omillarining to‘plangan ta’siridan butun qoplama konstruksiyasida kuchlanishlarning to‘planishi natijasida yuzaga keladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, qoplamaning asosiy qatlamlari va er osti tuproqlarining holati ham ta’sir qiladi. Qoplamalarning deformasiyasi va buzilishi yo‘l qurilish ishlarini amalga oshirishda texnologik talablarning buzilishi, shuningdek, aralashmalarning materiallari va sifati tufayli yuzaga kelishi mumkin. Harorat ta’sirida hosil bo‘lgan deformasiyon yoriqlar 20-25 m oraliqda ko‘p uchraydi.
Laboratoriya natijalari shuni ko‘rsatadiki deformasiyalar quyidagicha tartibda hosil bo‘ladi
• Vertical plastik (qoldiq) deformasiya – asos qatlamlarda
• Gorizontal deformasiya – asfaltbeton qatlamda
Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asfaltbetonda hosil bo‘ladigan plastik deformasiya qurilish jarayonida qatlamlarni yetarli darajada zichlanmaganida, asfaltbeton qatlamini yuqori haroratda plastik siljishlar natijasi hosil bo‘ladi.
Yo‘l yuzasida ko‘rinadigan deformasiyaning eng keng tarqalgan turi bu bo‘ylama deformasiya . Yo‘l qatnov qismining ko‘ndalang profilining deformasiyasining bir turi bo‘lib yo‘lga parallel ravishda hosil bo‘lib to‘lqinsimon chuqurliklar hosil bo‘ladi. Uning 3 ta turi mavjud

Qoldiq (plastic) yoki chuqursimon (lubinnoye) - asosan, qoplamaning yuqori qatlamida kichik deformasiyalarning to‘planishi tufayli yuzaga keladi
To‘lqinsimon (koleya)- avtomobil shinalarining ta’sirida ko‘pincha tishli shinalar oqibatida hosil bo‘ladi.
Butun yo‘l qoplamasi bo‘ylab – bu asosiy yo‘l qatlamlaarini yetarli darajada mustahkamlanmaganligi sababli hosil bo‘ladi. Avtomobil g‘ildiragi ostidagi yo‘l qoplamalarining to‘lqinsiom deformasiya (chashi progiba) hosil bo‘lish sxemasi: 1 - g‘ildirak; 2 - qoplamaning egilishi; 3 - shinalarni siqish; 4 - yo‘l qoplamasi; 5 – yo‘l pyi; 6 - burilish kengligi; 7- cho‘zilish zonalari va qoplamadagi yoriqlar; 8 - gruntning bo‘rtib ketishi; 9 - grunti siqish yo‘nalishi.
Bu yo‘l sirti qoplamasining harorati quyosh nuri ostida me’yordan ortiq holda qizib ketishi natijasida ham to‘lqinsimon deformasiyalar hosil bo‘ladi. Asosan, kichik tez-tez deformasiyalar (0,2-2 m) ko‘p miqdorda organik bog‘lovchi (bitum) o‘z ichiga olgan qoplamalarda hosil bo‘ladi. Yo‘lning yuqori qatlamidagi bo‘ylama deformasiyalar
Bo‘ylama deformasiyalardan tashqari, ko‘ndalang deformasiyalar ham yo‘lda sodir bo‘lishi mumkin, buning natijasida yo‘lning yuzasi to‘lqinli bo‘ladi. Ushbu turdagi deformasiya qoplamaning haddan tashqari plastikligi, aralashmaning yuqori haroratlarda issiqlikka chidamliligi yoki maydalangan toshning yetarli emasligi tufayli yuzaga keladi.
Agar asos guruntlar yetarli darajada siqilmagan bo‘lsa yoki sovuq ta’sirida cho‘kish va ko‘tarilish paydo bo‘ladi. Yo‘l qoplamasida sodir bo‘lgan ko‘ndalang deformasiya
Geometrik parametrlar va yo‘l qoplamasi buzilishidan tashqari boshqa turdagi nuqsonlar ham paydo bo‘ladi. Bu turlarga quyidagilar kiradi: ko‘ndalang va bo‘ylama yoriqlar, chuqurliklar va cho‘kishlar, yemirilishlar.
Ko‘pgina hollarda chuqurchalar va yoriqlar paydo bo‘lishining dastlabki bosqichi noqulay ob-havo sharoiti davriga, ayniqsa, havo haroratining issiq haroratdan sovuq haroratga tez-tez o‘tish davriga, yer osti tuprog‘i va qoplama qatlamlarining haddan tashqari namlanishiga to‘g‘ri keladi. Suv yoriqlarga tushganda, u qoplama materiallaridagi korroziy fizik-kimyoviy jarayonlarni kuchaytiradi va muzlagandan so‘ng, yoriqlar devorlariga va materiallarning alohida zarralariga cho‘zuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Hamda, qoplamada harakatlanadigan transport yuklarining dinamik ta’siri bilan birgalikda, yoriqlar hosil bo‘lgan zonadagi qoplama materiali parchalana boshlaydi va yorilib ketadi . Yoriq tezda chuqurchaga aylanadi. Shuning uchun, to‘ldirilmagan yoriq har doim chuqurlarning potensial manbai hisoblanadi.
Chuqurliklar paydo bo‘lishining yana bir manbai - qoplama qatlamlarini qurishda yo‘l qo‘yiladigan notekislikdan boshlab, materiallarni tekislash va zichlash jarayonida tekislik va zichlikka bo‘lgan talablar bajarilmaganda, hamda yo‘l asfaltbetonni ishlatish jarayonida paydo bo‘ladigan yoriqlar, siljishlar va plastisitivligi yuqori bo‘lgan aralashmalardan qoplamalar qurishda hosil bo‘ladi.
Avtomobil g‘ildiragi yoriq yoki chuqurlik ko‘rinishidagidan o‘tgandan so‘ng darhol ma’lum masofada qoplamaga dinamik ta’sir sodir bo‘ladi (4-rasm). Bunday zarbani qayta-qayta takrorlash materialning tuzilishining bo‘shashishiga, undan kattaroq yoriqlar yoki chuqurlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi, keyinchalik ular bitta katta chuqur bo‘lib tutashadi.
Yoriqlar yoki bo‘shliqlarning chuqurlarga o‘tishiga misol: 1,2 – o‘tish paytida yoriqlar yoki bo‘shliqlar; 3 - suv va muzning takroriy ta’sir zonasida yoriqlar hosil bo‘lishi; 4 - g‘ildirakning ikkilamchi zarbasi; 5, 6 – yonma yon chuqurlarni paydo bo‘lishi va ularni birlashishi
Quyida qoplamani deformasiyaga uchrashi sababi va tasnifi 1-jadvalda ko‘rsatilgan.
1-jadval


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling