A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Pichoqlar vali. Yog’ochga uzunasiga frezalash usulida ishlov 
beradigan stanoklarda, chunonchi: randalash stanogi, reysmusli 
stanok, to’rt tomonlama bo’ylamasiga frezalash-randalash 
stanogida pichoqlar vali ishlatiladi. Pichoqlar vali 2 po’latdan 
yasaladi (3-rasm, a). Valning konstruksiyasi unga pichoqlar 5 ni 
o’rnatish va ularni aylanma harakatlaitirish nmkonini beradi. Valda 
pichoqlar joylashadigan pazlar va ularni mahkamlaydigan 
qurilmalar bo’ladi. Valning chekka uchlarida bo’yinlar bor, val shu 
bo’yinlarga podshipniklar 3 da o’rnatiladi. Valning bir uchiga 
mahkamlangan shkiv 1 valga aylanma harakat uzatadi. Ba’zan 
shkiv o’rnida yarim mufta bo’ladi; yarim mufta pichoqlar valini 
elektr dvigatel valiga bevosita ulaydi. Bunda elektr dvigatel 
valining o’qi bilan pichoqlar valining o’qi o’qdosh bo’lishi lozim. 
SR6-8 tipidagi reysmusli stanoklarda pichoqlar vali 3-rasm, 
b) o’roqsimon yassi pichoqlar o’rnatiladi; bu pichoqlarning tig’i 
valning ssilindrik sirtida vint chiziqlari bo’ylab joylashgan. 
O’roqsimon pichoqlarning tig’lari yo’niladigan yog’ochga deyarli 
barcha vaqt juda kam tegib turganligidan, bunday pichoqlar vali 
boshqa vallardan ravon ishlashi bilan ajralib turadi. Bunday 
pichoqlar bilan ishlov berilgan sirtlarda g’adir-budurlar kam 
bo’ladi. 


82 
Pichoqlar vali bir minutda 6000 marta va bundan ko’p 
aylanadi, shunga ko’ra val hamda pichoqlar shunday 
muvozanatlanadiki, valning qarama-qarshi tomonlariga o’rnatilgan 
ikki pichoqning og’irlik markazlari aylanish o’qidan baravar 
masofada joylashgan bo’ladi. Aks holda muvozanati buzilgan 
markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo’lib, kuchli vibratsiya paydo 
bo’ladi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda stanok 
elementlarining sinishiga sabab bo’ladi. Pichoqlar vali bir, ikki va 
bundan ko’p pichoqlar juftini o’rnatishga mo’ljallangan. 
Pichoqlarni o’rnatish usullari rasmda ko’rsatilgan. Pichoqlar 3 
valdagi pazlarga o’rnatilgan. Har bir pichoq pazning devori bilan 
ponasimon vkladish 4 orasiga boltlar 5 bilan siqib qo’yilgan; boltlar 
vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan pazning qarama-
qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda siqib 
qo’yish uchun valning uzunligi bo’yicha bir necha bolt bilan siqib 
qo’yish ko’zda tutilgan. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling