A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’och materiallarini yo’nish texnologiyasi. Yog’och


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

7.7. Yog’och materiallarini yo’nish texnologiyasi. Yog’och 
materiallarini yo’nishda ishlatiladigan qo’l asboblarni tuzilishi va 
ishlatishining texnologik jarayonlari. Iskanalar va boltalar 
Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko’ra yo’nuvchi, o’yuvchi va 
nov iskanalarga bo’linadi. Yo’nuvchi iskanalar yordamida yo’nish 
yo’li bilan taxtalarning chetlariga fasqa chiqariladi, tirnoqlar 
rostlanadi, teshik, uyalar yo’nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq 
va yupqa taxtalar o’yib teshiladi. Qalin va qattiq yog’ochlarni o’yish, 
teshish ishlari barcha vaqt o’yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. 
Yo’nuvchi iskanalar yupqa, o’yuvchi iskanalar qalin bo’ladi. Bundan 
qat’iy nazar ularning eni turli o’lchamda tayyorlanadi. Iskanalar bir 
tomondan charxlanadi. Yo’nuvchi iskanalarning o’tkirlik (charxlash) 
burchagi 18-35º, o’yuvchi iskanalarning o’tkirlik burchagi 25-35º 
atrofida bo’ladi.
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag’och, yong’oq 
kabi pishiq yog’ochlardan tayyorlanib, uchiga metall halqa kiydiriladi. 
Iskanalarning dastalari tayyorlashda plastmassadan ham foydalaniladi. 
Iskana bilan ishlaganda dastgohni shikatlamasligi uchun ishlanayotgan 
buyumning ostiga ehtiyot taxtasi qo’yib ishlanadi. 
7-rasm. Duradgorlik iskanalari. 
Bolta bilan yog’ochni chopiladi, unda teshiklar, ariqchalar 
ochiladi va yog’och konstruksiyalarning ayrim detallari moslanadi. 
Bolta bilan yog’ochni yorish, chopish va yo’nish mumkin. Yo’nish 


87 
deganda yog’ochdan payraxa ajratish tushuniladi. Yog’ochni 
yo’nilganda undan payraha ko’rinishidagi yupqa tarasha olinadi. Bolta 
tig’ining dastaga nisbatan joylashuvi:  
 
8-rasm. Duradgorlik boltalari eskizi. a) to’g’ri burchak ostida 
(o’tin yorish uchun); b) o’tkir burchak ostida (shox-shabbalarni 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling