A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’ochga ishlov berish stanoklari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

7.9. Yog’ochga ishlov berish stanoklari 
Tokarlik ishi deb yog’ochdan tayyorlanadigan buyumni o’zi o’qi 
atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo’nib ishlov berish usulini 
aytiladi. Bu usulda tayyorlangan maxsulotlar tokarlik buyumlari yoki 
detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik stanoklari yordamida 
bajariladi. Ular yordamida yog’ochgassilindr, konus, shar va boshqa 
aylanma sirtlar shaklida ishlov beriladi. Maktab ustaxonasida STD-
120 rusumidagi yog’ochga ishlov berish tokarlik stanogining umumiy 
tuzilishi 1.26-rasmda tasvirlangan. Bu stanok quyidagi asosiy 
qismlardan tashkil topgan. 1-asos, 2-dvigatel, 3-tasmali uzatmaning 
ximoya to’sig’i, 4-stanina, 5-magnitni ishga tushirgich, b-yoritgich, 7-
oldingi babka, 8-shaffof ximoya oynasi. Bu stanok ishlov beriladigan 
materialni oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa 
babkaning o’rta tishli markazi orasiga maxkam o’rnatiladi. Bunda 
orqa babkaning korpusini staninaning yo’naltiruvchi bo’ylab ishlov 
berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga 


90 
maxkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi 
babkada boltlar va qisqichlar yordamida o’rnatish moslamasi bo’lgan 
diskdan iborat.
Bu stanokning asosiy detali stanina bo’lib u ikkita tayanchga 
o’rnatilgan. Stanina oldingi va orqa babka va keskichlar o’rnatish 
uchun tutqichli tayanch o’rnatilgan. Stanokada materialni qo’yish 
sohasidan iborat ish maydoni himoya ekrani bilan o’ralgan. 
Stanokning chap tomonidan elektrodvigatel va magnitli ishga 
tushirgich o’rnatilgan. Elektrodvigatelning shkividan aylanma 
harakatni babkaning ikki pog’onali shkiviga ponasimon kesimli tasma 
orqali uzatiladi. Odingi babka materialni mustahkam o’rnatish va 
uning aylanma harakat qilishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling