A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Porsi usulida bog’lash. Duradgorlik buyumlarining sifatini 
oshirish maqsadida, ko’pincha, detallarning «bet» qismlari yoki 
birikma ustidan mixlanadigan (qoplanadigan) chaspaklarning tirnoq 
va quloqlari porsi usulida (45° burchak ostida) biriktiriladi. Bunday 
detallarning «bet» qismlariga chorafzal randalar yordamida har xil 
gullar chiqarilgan yoki faska olingan bo’ladi. Ular to’g’ri burchak 
hosil qilib biriktirilsa, gullar yoki faskalar bir-biriga mos kelmay 
birikmaning sifati buziladi. Porsi usulida bog’lashda qismlar bir-biriga 
tirnoqsiz yoki tirnoqli qilib biriktirilishi mumkin. 
4-rasm. Tirnoqsiz porsi birikmalar. 
Tirnoqsiz porsi usulida bog’lashda, ular zakrovli yoki zakrovsiz 
bo’lishlaridan qat’i nazar, detallarning uchlari porsi usulida (45° 
burchak ostida) arralanib, ular bir-biriga mixlab, qirg’og’iga tunuka 
lenta yoki po’lat burchakli qoplab biriktiriladi (4-rasm). Talab 
etilishiga qarab detallarning betiga faska yoki gul chiqariladi. Bunday 
hollarda chorabzal randalar bilan randalash ham mashq qildiriladi. 
1. 
Tirnoq va quloqlarni rejalash. Buning uchun brusoklarning 
uchidan a o’lchamda tirnoq va quloq uzunligi rejalanib qolgan 
tomonlarga go’niya yordamida olib o’tiladi. Shuningdek, “bet”larga 
porsi go’niya yordamida brusoklarning uchlaridan porsi chizig’i (45° 
burchak ostida qo’shimcha reja) chiziladi. So’ngra xatkashni tirnoq 
o’lchamiga sozlab, “bet”larga nisbatan brusokning qirralariga reja 
chiziladi. 
2. Reja asosida tirnoq chiqarish va quloq ochish uchun birinchi 
galda tilish ishi bajariladi. Tirnoq chiqarish uchun tilishda orqa 
tomondan go’niya chizig’igacha tilinib, “bet” tomondan porsi 
chizig’iga (45° li rejaga) moslab burchak ostida tilinadi. Buning 
natijasida orqa tomondan go’niya chizig’i bo’yicha, “bet” dan porsi 


101 
chizig’i bo’yicha kertib tirnoq chiqariladi. Quloq ochilgandan so’ng 
“bet” tomondan tirnoqqa moslab porsi chizig’i bo’yicha arralab 
tashlanadi (kertiladi). Kertish vaqtida arralash porsi qolip yordamida 
bajarilishi mumkin. 
3. Talab etilishiga qarab faska yoki gul chiqarish. Detallarga 
faska chiqarishda ularning bir xil chiqishini ta’minlash uchun “bet” va 
ichki qirralarga xatkash yordamida reja chizib olinadi. Reja 
chizig’igacha randalanadi. Gul chiqarishda chorabzal randalar 
yordamida payraxa chiqmay qolgunga qadar randalash davom 
ettiriladi. 
Tayyor qismlarni o’zaro biriktirib birikma hosil qiliinadi va 
uning jipsligi ta’minlanadi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling