A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. STD-120 rusumidagi yog’ochga ishlov berish


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

10-rasm. STD-120 rusumidagi yog’ochga ishlov berish 
tokarlik stanogi. 
1-asos, 2-dvigatel, 3-stanina, 4-tasmali uzatmaning ximoya 
to’sig’i, 5-magnitni ishga tushirgich, 6-yoritgich, 7-oldingi babka, 
8-tutqich, 9-orqa bapka. 
 
Xavsizlik qoidalari 
Bu stanokni dastlabki mashqlarda faqat o’qituvchi yoki o’quv 
ustasining zarur tekshiruvlaridan keyin, uning ruxsati bilan hamda 
uzluksiz nazorati ostida ishlatishga ruxsat beriladi. Bu qoidaga 


91 
stanokni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko’nikmalarini 
mukammal o’zlashtirguncha qat’iy rioya qilish shart. 
Charxlash stanogi 
O’quv ustaxonalarida ishlatiladigan ba’zi asboblar ish jarayonida 
o’tmaslashib qoladi, ularni o’tkirlash, ishga sozlash maqsadida 
charxlash ishlari bajariladi. Har qanday yangi keskich asboblar 
charxlash yo’li bilan o’tkirlanadi. Charxlash elektrik charxlar, qo’l 
charxlari yordamida bajariladi. Charxlarga o’rnatiladigan toshlar halqa 
shaklidagi abraziv materiallardan iborat. Abraziv materiallar qattiqligi 
yuqori donlardan iborat bo’lib, ularning maydalangan donachalari 
o’tkir qirrali bo’ladi. Bu o’tkir qirrali donalarni biriktirish natijasida 
hosil qilingan charxtoshlar o’zidan yumshoq materiallarni charxlaydi, 
ya’ni yupqa metall qirindi chiqarib o’tkirlaydi. Charxtoshlar qo’l bilan 
yoki elektrik dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Elektrik 
charxlarda toshning aylanish tezligi katta bo’lib, charxlash vaqtida 
uchib ketish hollari uchrab turadi. Buning oldini olish mahsadida 
charx toshlari valga planshaybalar yordamida puxta o’rnatiladi. 
Charxtoshni valga o’rnatganda uning bir tekis aylanishiga 
(tepmasligiga) e’tibor beriladi. Yorilgan yoki darz ketgan va chetlari 
uchgan toshlardan foydalanilmaydi. Elektrik charxlarda charxlashda 
shikastlanmaslik uchun ishlayotgan odam toshning yon tomonidan 
turib charxlashi lozim. Shuningdek, tosh ishlayotgan odamga yoki 
tig’ga qarama-qarshi tomonga aylanishi kerak. Aks holda charxlash 
vaqtida uchib chiqqan kukun ko’zga zarar yetkazadi. Bundan qat’i 
nazar himoya ko’zoynagi taqib ishlash yoki stanokka o’rnatilgan 
himoya oynagini tushirib olish kukun xonadan tashqariga chiqarib 
yuboriladigan bo’lishi kerak. Elektrik charxlarda tirgak bor, ishchi 
qo’lini unga tiragan holda tig’ni toshning o’ng va chap chetlariga surib 
charxlash ishini bajaradi. Agar tig’ni surib turmasdan bir joyda tutib 
turilsa, tosh o’yiladi va charxlash tekis chiqmaydi. Tirgak bilan tosh 
orasida 2-3 mm masofa qoldirib o’rnatilishi kerak. Charxlash 
jarayonida toshning diametri kichiklashib, tirgak bilan tosh orasidagi 
masofa kattalasha boradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan tirgakni 
toshga yaqinlashtirib boriladi. 


92 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling