A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Bir arrali (a) va ko’p arrali (b) stanoklardagi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

2-rasm. Bir arrali (a) va ko’p arrali (b) stanoklardagi 
arralar valining yig’ilgan holati: 1, 16-shkivlar, 2,13-korpuslar, 
3-sharikli podshipnik 4,6-shaybalar, 5-disk arra, 7-gayka, 8-
vtulka, 9-shpilka, 10-arralar vali, 11-oraliq halqa, 12,15-
flanetslar, 14,18-chiqiqlar, 17-shponka. 


80 
SDK-5 va MR-2 tipidagi ko’p arrali stanoklarda taxtalar yoki 
zagotovkalar bir o’tishda bir necha qismga kesiladi. Arra vali 10
b) quyma korpus 13 ga mahkamlangan podshipniklarda o’rnatiladi; 
korpusning toretslari flanetslar 12 va 15 bilan berkitilgan. Valning 
bir uchiga uni tasmali uzatma orqali elektr dvigatelga ulaydigan 
shkiv 16 o’tqazilgan. 
3-rasm. Elektr dvigatellarni stanoklarga support yordamida 
mahkamlash: 
a-chervyakli uzatma bilan, b-shesternya-reykali mexanizm 
bilan; 1-stanina, 2-elektr dvigatelni balandlik bo’yicha 
rostlaydigan mexanizm maxovikchasi, 3-arra, 4-elektr dvigatel, 
5-arrani qiya o’rnatish maxovikchasi, v-elektr dvigatel 
qo’zg’aluvchan mexanizmining maxovikchasi, 7-supportning 
qo’zgaluvchan qismi, 8-vint, 9-sozlash vaqtida support 
suriladigan yo’naltirgichlar, 10-shesternya-reykali mexanizm,
11-maxovikcha hamda boltli torsaviy shayba shkiv 
 (16 ni valda qo’zg’atmay qo’yadi). 
Valning ikkinchi uchiga arralar 5 o’rnatilib, shayba 6 va gayka 
7 bilan mahkamlanadi. Arralar valga bevosita mahkamlanishi bilan 
birga, maxsus opravka-vtulka 8 ga ham biriktirilgan bo’ladi; vtulka 
sirpanuvchan shponkada val bo’yicha suriladi. Shpilka 9 li halqalar 
11 arralar oralig’ining o’zgarishiga yo’l qo’ymaydi. Chiqiqlar 18 
valni staninaga sharnirli mahkamlash uchun, chiqiq 14 yordamida 
esa val o’rnatilgan korpusni arraning vaziyatini balandligi bo’yicha 
o’zgartirib buriladi.
Disk arrali va agregat stanoklarining ko’pchiligida elektr 
dvigatel vali ayni vaqtda arra vali vazifasini ham bajaradi. Bu esa 


81 
tayanchlarni qisqartirish va tasmali uzatmani yo’qotish hisobiga 
stanoklarning konstruksiyasini soddalashtirish imkonini beradi. 
Rasmda elektr dvigatellarni biriktirishga ikki misol keltirilgan. 
Stanoklarning ba’zi konstruksiyalarida (2-rasm, a) stanina 1 ga arra 
3 ni zagotovkaga nisbatan muayyan burchak ostida o’rnatish 
mumkin. Buning uchun stanok konstruksiyasiga maxovikchasi 5 
bo’lgan chervyakli uzatma kiritilgan, bu uzatmaning g’ildiragi elektr 
dvigatel 4 mahkamlangan plita bilan bog’langan. Elektr dvigatel 
gorizontal tekislikda maxovikcha 6 li vint yordamida 100 mm 
chegara 
siljitiladi. 
Agar 
siljish 
100 
mm 
dan 
ortsa, 
konstruksnyaga vint o’rniga maxovikchasi 11 bo’lgan shesternya-
reykali mexanizm 10 kiritiladi (2-rasm, b). 
Uzunchoq shakldagi (statorning diametrini qisqartirish uchun) 
elektr dvigatel supportning harakatlanadigan elementi 7 ga 
mahkamlanadi, bu element yo’naltiruvchi 9 bo’yicha suriladi. 
Elektr dvigatelni vertikal tekislikda surish uchun maxovikcha 2 li 
vintdan foydalaniladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling