A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Plastmassalar va ulardan detallar tayyorlash


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Plastmassalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastmassalar 
tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo’lib, ularni 
olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka 
ega bo’ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. 
Oddiy plastik massalar yolg’iz polimerlardan iborat bo’lib, ularga 
polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi. 
Murakkab plastik massalarda bog’lovchi polimerlardan tashqari 
toldiruvchilar, 
plastifikatorlar, 
stabilizatorlar, 
katalizatorlar, 
moylovchi va bo’yovchi moddalar ham bo’ladi. Ba’zan bog’lovchilar 
sifatida polimerlar o’rniga bitum, asfalt, sementlardan ham 
foydalaniladi.
To’ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va 
texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. 
Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga 
ko’ra 40-80% gacha to’ldirgichlar sifatida yog’och uni, paxta, qog’oz, 
asbest, to’qima va shisha tolalari, bo’r, gips, grafit, kaolin, talk 
kukunlari va boshqa materiallar qo’shiladi. Plastik massalarning 
plastikligi, 
elastikligi 
va 
oquvchanligini 
oshirish 
maqsadida 
plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-
kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik 
massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg’unligini 
oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar 
ma’lum nisbatda qo’shiladi. 
Nazorat savollari: 
1. Plastmassa nima? 
2. Rezina xossalarini izohlab bering? 
3. Polimer materiallar turlari? 
4. To’ldirgichlar nima? 
5. Termoplastlar deb nimalarga aytiladi? 


73 
2-MODUL. BUYUM VA MAHSULOTLAR 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling