A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Durodgor dastgohlarini turlari va tuzilishi
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
2.2. Durodgor dastgohlarini turlari va tuzilishi
Duradgorlik dastgohlarida yog’ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. Shulardan biri 1-rasmda ko’rsatilgan. Duradgorlik dastgohlari turlicha bo’lsada, ularning barchasida yog’och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog’och qopqoq bo’ladi. Asosda stol o’rnatilgan bo’ladi. Stolning asosiy qismlari bo’ylama va ko’ndalang 14 qisqichlardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob uskunalar qo’yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o’rniga individual asbob uskunalar, yog’och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o’rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib o’rnatiladi. Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov beriladigan detal mahkamlanadi yoki bo’shatiladi. 1-rasm. Duradgorlik dastgohi. Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo’yiga mos bo’lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin: Dastgoh yonida turing va qo’llaringizni cho’zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo’ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo’llaringizni bukishga to’g’ri kelmasa demak, dastgohning balandligi to’g’ri o’rnatilgan. Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to’qmoq yordamida o’rnatish lozim. Dastgoh qopqog’ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblar shikastlashidan saqlash kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling