A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

7-rasm. Nok. 
Dub (Eman). Eman yog’ochi to’q-jigar rangli, yillik xalqalari 
aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo’ladi. Mexanikaviy 
xossalari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, 
namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yer osti 
qurilishlarida, mashinasozlikda, mebellarni fanerlashda, mebel 
korxonalarida keng ishlatiladi. 
8-rasm. Eman. 
Chinor. Chinor daraxtining po’stlog’i qizg’ish sariq tusli, silliq, 
yupqa bo’ladi. Yog’ochi pishiq-puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, 
qizg’ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yaxshi pardozlanadi. 
Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi. 


19 
9-rasm. Chinor. 
2.5. Daraxtlarni qisimlarga ajratish. Dumaloq yog’ochlar 
Daraxtning tuzilishi. Tabiatda o’sib turgan har qanday daraxtni 
shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, 
tana va shox-shabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har 
tomonga tarmoqlagan ko’p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga 
kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, 
uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so’ngra daraxtning 
tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni 
vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni 
to’plab saklaydi. Daraxtning tanasi asosiy qism bo’lib, uni shartli 
ravishda ingichka (yuqori) qism va yo’g’on (pastki) qismga bo’lish 
mumkin (4-rasm). 
Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi 
ingichka tana qismi bo’lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar 
kiradi. Shox-shabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o’ynaydi. 
Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni 
hosil qiladi, bu daraxtning o’sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez 
jarayonini amalga oshiradi. 
Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi 
asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning 
kapilliarligini, g’ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh 
qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo’lib, uni 
o’zaro farq qilish kerak. Ko’ndalang qirqim daraxt tanasining o’qiga 
perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing 
uzunligi va markazi (o’qi) bo’ylab o’tkazilgan tekislik bilan kesish 
orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan 
(o’qidan) o’tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. 


20 
Shuni aytib o’tish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari 
ham, o’z navbatida, bir necha qismlarga bo’linadi. Tananing asosiy 
qismlari. Har qanday daraxtning ko’ndalang va radial qismlarida uning 
asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o’zagi, mag’izi, markaziy 
qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin. 
O’zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo’lib, 
ko’pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa 
aylanasimon bo’lib, diametri taxminan 2-5 mm (ba’zi daraxt 
turida 10 mm gacha) bo’ladi. O’zak nozik, tez chiriydigan 
bo’ladi. Chirish o’zakdan boshlansa, po’stloqqacha tarqalib 
daraxtni yo’q qilishgacha olib keladi. O’zak rovak hujayralardan 
iborat bo’lib, u butun tana bo’ylab o’tadi. O’zakdan po’stloqqa 
qarab o’zak nurlari o’tadi. 
O’zak nurlari barcha daraxt turlarida mavjud bo’lib, shakli va 
joylanishlariga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. O’zak nurlari tananing 
har handay qirqimi bo’yicha ko’rish mumkin. Birlamchi deb ataluvchi 
o’zak nurlari o’zakdan boshlanib, po’stloqqa qadar davom etadi, 
ikkilamchi deb ataluvchi o’zak nurlari o’zakdan turlicha masofada 
boshlanib, po’stloqqa qadar yetib boradi. O’zak nurlarining eni 
0,005-1 mm atrofida bo’ladi. O’zak nurlari tananing turli qirqimida har 
xil ko’rinishga ega bo’ladi. Radial qirqimda o’zakdan po’stloqqa 
tomon yo’nalgan ensiz chiziqlar ko’rinishida, tangensial qirqim 
bo’yicha uzuq-uzuq chiziqlar ko’rinishida, ko’ndalang qirqimda radius 
bo’yicha yo’nalgan chiziqlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling