A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
-rasm. Daraxt tanasining ko’ndalang kesimi va uning
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
11-rasm. Daraxt tanasining ko’ndalang kesimi va uning
yillik halqalarining ko’rinishi. Yog’ochining sifatiga hamda ishlanish nuqsonlariga qarab dumaloq yog’och materiallari to’rt sortga ajratiladi. Sortni aniqlash uchun ГОСТ da ko’rsatilgan yo’l qo’yiladigan nuqsonlar kattaligi, ularning miqdori, sortimentning qalinlik bo’yicha o’lchamlari hamda sortimentlarning vazifasiga bog’liq bo’lgan qator qo’shimcha talablarni hisobga olish lozim. Sortimentda uning sifatiga ta’sir etadigan bir necha xil nuqsonlar mavjud bo’lsa, yog’och sorti sortning eng pastini xarakterlaydigan nuqson bo’yicha belgilanadi. Dumaloq yog’och materiallari qalinligi (diametri) bo’yicha: ingichka, o’rtacha va yo’g’on turlarga ajratiladi. Igna bargli va yaproqli dumaloq yog’och materiallari vazifasiga ko’ra quyidagi gruppalarga ajratiladi: Yog’och materiallarining qalinligi bo’yicha guruhlanishi 1-jadval. Yog’och materiallari Igna bargli Yaproqli qalinligi, sm Ingichka 6-13 8-13 O’rtacha 14-24 14-24 Yo’g’on 26 dan katta 26 dan katta Duradgorlik ishlarida sanoat va turar joy qurilnshida ishlatiladigan material sifatida xodalardan foydalaniladi va ular barcha igna bargli va yaproqli daraxt turlaridan tayyorlanadi. Qurilishda ko’proq igna bargli daraxt xodasidan foydalaniladi; barcha yapraqli 24 daraxt turlari yordamchi va vaqtincha qurilish uchun ishlatiladi. Igna bargli daraxt xodasi uzunligi 3 m dan 6,5 m gacha, yaproqli daraxtniki esa 4 dan 6,5 m gacha (0,5 m gradatsiya bilan) bo’ladi. Xodalar sifati bo’yicha 2- va 3-sort talablariga javob berishi kerak. Sortimentlar yuqori sifatli ko’rinishga ega bo’lishi uchun uning yaxshi ishlanishiga alohida ahamiyat berish kerak, ya’ni ko’zlar xoda sirti bilan tekis qilib qirqilgan bo’lishi; daraxtlarni ag’darish vaqtida hosil bo’lgan notekis qirqim torsovkalanishi; torets tekisliklari xoda o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak. Taxlangan o’lchamda o’lchanadigan yog’och materiallarining hajmini aniqlash. Yog’och materiallari shtabellarga taxlanib, ular kengligi, balandligi va uzunligi bo’yicha o’lchanadi. Shtabel kengligi taxlangan yog’ochmaterialining nominal kengligiga teng qilib olinadi (qo’yimlar hisobga kirmaydi). Shtabelning balandligi va uzunligi ikkinchi o’nlik darajagacha yiriklab olinadi. Ishga yaroqli yog’och materiallarini taxlaganda uning namligi 25% dan yuqori bo’lganida shtabellar balandligi bo’yicha qurib kichrayishi hisobga kirmaydigan ustama va shtabelning balandlik bo’yicha cho’kishi uchun 2% qo’shib hisoblanadi. Ishga yaroqli sortimentlarning (po’stloqsiz) shtabel qilib taxlangan, zich o’lchami shtabelning taxlash o’lchamlarini keltirilgan tegishli koeffitsientga (to’la yog’ochlik koeffitsientiga) ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling