A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Markaziy qism. Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu 
qismning 
rangi 
orqali 
daraxtning 
turlarini, 
mag’izliligini va 
mag’izsizligini ajratish mumkin, chunki-mag’izli daraxt turlarida 
markaziy qismi (mag’izi) qoramtir rangda, mag’izning periferiyasi 
bo’yicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bo’lib, po’stloq osti 
(zobolon) deb aytiladi. Agar mag’izning rangi po’stloq osti 
qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt yetilgan hisoblanadi. 
Po’stloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bo’lib, tana hajmining 
6-25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi. Po’stloqning tashqi qismi 
po’k qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni turli 
tashqi ta’sirlardan, issiq-sovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli 
zararkunanda hasharotlardan saqlaydi. Daraxt po’stlog’ining ichki 
qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam ko’zga ko’rinmaydigan mayda 
tolalar (kapillyarlar) dan iborat. Po’stloq qalinligi daraxt tanasining 


21 
turli qismlarida turlicha bo’ladi. U tananing uchki qismida yupqa 
bo’lib, pastga tushgan sayin qalinlashib boradi. Bundan tashqari, 
daraxtlarning po’stlog’i turli daraxtlar uchun tashqi ko’rinishi, rangi 
turlicha bo’lib, o’zaro farq qiladi. Masalan, daraxtlarning po’stlogi 
oq tusdan (oq qayin) to’q jigar ranggacha (archa) o’zgarib boradi. 
Yosh daraxtlarning po’stlog’i silliq, va yumshoq bo’lib, tana 
yo’g’onlasha borgan sari, po’stloq yorilib, dag’allashib, qattiqlashib 
boradi. Daraxt po’stlog’i hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining turli 
sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq Sharq va Saxalin 
zonalarida o’sadigan probkali eman daraxtining po’stlog’i qalin 
bo’lib, ulardan probkalar, issiqlik-izolyasion materiallar (plitalar) va 
shu kabilar tayyorlanadi. 
Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali qatlam 
bo’lib, u tirik hujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy ko’z bilan 
ko’rish juda qiyin, uni ko’rish uchun ko’zni qisman «qurollantirish» 
kerak bo’ladi. Uni baxorda tanadan po’stlok, shilib olingan paytida 
ko’rish mumkin. Bu vaqtda kambiy hujayralarining buzilishi natijasida 
shirali, shilliq, parda-suyuqlik oqib chiqadi. Kambiy lub orqali shoxdan 
keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi. Kambiy o’sayotgan daraxt uchun 
hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy xujayralarining bo’linishi 
daraxtning butun yashash davrida ro’y berib turadi. Faqat qishda 
kambiyning rivojlanishi to’xtab, baxorda yana boshlanadi. Baxorda 
kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan 
boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o’ta boradi.
Agar daraxt tanasining po’stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, 
daraxt o’sishdan to’xtab, quriy boshlaydi. Arralab yiqitilgan va ildiz 
hamda shox-shabbalaridan tozalangan daraxt tanasi yog’och deyiladi.
Daraxt yog’ochligini ko’ndalangiga qirqib hosil qilish protsessi 
arralab saralash deyiladi. Yog’ochlikni saralashda ishga yaroqli va 
o’tinbop qismlar olinadi.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling