A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Ishga yaroqli yog’och deb dumaloq holatda yoki mexanikaviy 
va kimyoviy ishlash uchun xomashyo sifatida foydalaniladigan hamda 
ishga yaroqli sortimentlarga tegishli ГОСТ yoki ТУ talablariga javob 
beradigan yog’och va uning bo’laklariga aytiladi. 
O’tinlik yog’och - yoqilg’i sifatida hamda pista ko’mir va quruq 
haydash uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan past sifatli yog’och. 
Yog’ochlik sifatiga va sortimentning vazifasiga qarab har xil 
uzunlikdagi xodalar hamda g’o’lalarga qirqiladi. 


22 
10-rasm. Daraxt tuzilishi. 
Xodalar deb arralash materiallari ishlab chiqarishda xom ashyo 
sifatida ishlatiladigan dumaloq, ishga yaroqli sortimentlarga aytiladi. 
G’o’la deb maxsus (faner, chang’i, aviatsiya, g’altak, bochka taxtasi, 
randa-dasta, qalam, miltiq dastasi, idish, shpal paluba, gugurt va 
akkumulyatorda ishlatiladigan) mahsulot turlarini ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan dumaloq, ishga yaroqli sortimentga aytiladi. 
G’o’lacha deb yog’och ishlash stanoklarida ishlatish uchun 
zarur o’lchamlarga ega bo’lgan uzunlikdagi g’o’laga aytiladi. 
G’o’lalar uzunligi odatda g’o’lacha uzunligining karrali soniga teng 
bo’ladi.
Yaproqli va igna bargli daraxtlarning dumaloq yog’och 
materiallariga qo’yiladigan talablar ГОСТ 9462-91 va ГОСТ 9463- 
92 da belgilangan. 
Dumaloq yog’och materiallarining standartlarida sortlarni 
belgilash daraxt tanasini uch zonaga: to’nkali, o’rta va cho’qqi zonaga 
ajratishni ko’zda tutadi. Daraxt tanasining to’nkali qismi yuqori fizik-
mexanikaviy ko’rsatkichlarga ega va tananing yon sirtlarida teshib 
chiqqan ko’zlar bo’lmaydi. Daraxt tanasining o’rta qismida ko’p 
miqdorda o’sib turgan va qurib qolgan ko’zlar uchraydi. Cho’qqi 
qismida turli o’lchamdagi butoqlar ko’p bo’ladi. 


23 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling