A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Yog’ochlar qattiqlik darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Yog’ochlar qattiqlik darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi
 
1-guruh: yumshoq yog’ochlar - qarag’ay, oq qarag’ay, archa, 
terak, tog’terak, arg’uvon va h.k.
2-guruh: qattiq yog’ochlar - qayin, qora qayin, tilog’och, eman, 
zarang, gujum va h.k.
3-guruh: juda qattiq yog’ochlar - nok, qayrag’och, yong’oq, 
akatsiya, shamshod, pista va h.k. 
Yog’ochning tashqi kuch ta’sirida o’zgargan shaklini qayta 
tiklash qobiliyatiga yog’ochning elastikligi deyiladi. Yog’ochning 
elastikligi ularning namligiga, hajmiy og’irligiga, o’zak xalqalarining 
o’lchami va soniga, daraxtning yoshiga bog’liq. Yog’och qancha 
quruq bo’lsa, u shuncha elastik bo’ladi. Elastik yog’ochlar zarbni 
yutadi va yumshatadi. Yog’ochning bu xususiyatidan foydalanib, 
undan 
mashina 
bolg’alarining sandoni, tagiga qo’yiladigan 
taglikqistirmalar, nog’oralarning zarb berish cho’pi, bolg’a, iskana, 
egov, belkurak, ketmon, tesha dastalari tayyorlanadi. 
Yog’ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butunligiga 
ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarkibini o’zgartirmaydigan 
xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi, egilishi, tabiiy 
guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi, zichligi, nam 
o’tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o’tkazuvchanligi, elektr 


27 
o’tkazuvchanligi yog’ochning fizik xossalari deb ataladi.Ana shu 
fizik xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz. 
Yog’ochning rangi yog’och materiallarning turlarini va ularning 
sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biridir
Yog’ochning rangi, avvalo, uning turiga va o’sish sharoitiga bog’liq. 
Ko’pchilik yog’ochlar (qayin, tol, arg’uvon, terak, archa) oqish rangli 
bo’lib, nursiz izlari bo’ladi. Eman, shumtol - jigar rang, qora qayin, 
akatsiya - oq qizg’ish yong’oq,
qayrog’och-qoramtir bo’ladi. Ko’pchilik 
daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog’ochligi qoramtir bo’lib qoladi. 
Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling