A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Yog’ochning tovlanishi (yaltiroqligi)


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Yog’ochning tovlanishi (yaltiroqligi). Yog’och
nurlarning 
yo’nalishi va zichligiga bog’liq holda tovlanadi. Yog’ochning
tovlanishini sun’iy ravishda o’zgartirish uchun loklash, politurlash va 
mumlash mumkin. 
Yog’ochning teksturasi (tabiiy guli). Randalash, yo’nish 
protsessida yog’och tolalari, o’zak nurlari va yillik halqalarni kesish 
natijasida yog’ochning teksturasi namoyon buladi. Shuni qayd qilish 
kerakki, yog’och materiallarning zichligi qanchalik yuqori bo’lsa, 
ularning teksturasi (tabiiy guli) ko’pincha bir xil ko’rinishda bo’ladi. 
Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq qilganligi 
sababli ularning teksturasi ham har xil ko’rinishda bo’ladi. 
Yog’ochning
teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki 
yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va 
yo’nalishiga ham bog’liq bo’ladi. Yog’ochni
kesish yo’nalishi 
teksturaning o’zgarishida katta rol o’ynaydi. Masalan, radial va 
tangensial yo’nalish bo’yicha tilingan taxtalarni randalash natijasida 
hosil bo’ladigan tekstura turlicha ko’rinishda bo’ladi, radial 
yo’nalish bo’yicha, tekstura parallel to’g’ri chiziqlardan iborat 
bo’lsa, tangensial yo’nalish bo’yicha esa burchak yoki konus 
shaklidagi teksturalar mavjud bo’ladi. O’zak nurlari va yillik 
halqalari aniq ko’rinmaydigan yog’ochlarning teksturalari uncha aniq 
va chiroyli ko’rinmaydi. 
O’zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog’ochlarning 
tabiiy gullari juda chiroyli bo’ladi. Teksturalari chiroyli bo’lgan 
yog’ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida
qoplovchi material-shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong’oq, 
nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental 
yo’nalishda tilinganda chiroyli ko’rinish (gul) lar hosil bo’ladi. 


28 
Yog’ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun 
tolalarning yo’nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida 
bo’yoqlar surtiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling