A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
1.5. Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va
istiqbollari Fan quyidagi xususiyatlarga ega: - universalllik - tadqiq etilayotgan ob’yekt to’g’risida mavjud bilimlarni ular qanday olingan bo’lsa, shunday holatga taqdim etadi; - fragmentarlik - ob’yektiv borliqning jamini emas, balki unga xos ayrim fragmentlarni yoki ularning parametrlarini o’rganadi. Fan o’z navbatida alohida predmetlarga bo’linadi; - umum ahamiyatlilik - olingan bilimlar barcha insonlar uchun foydalidir, chunki fan tili yagona bo’lib, u odamlarni birlashtirishga harakat qiladi; - tizimlilik - fan bir-biri bilan bog’lanmagan qismlardan tashkil topgan emas. U o’ziga xos tartibga egadir; - sinalganlik - xulosalar ma’lum qoidalarga binoan tekshirilishni talab qiladi va undan o’tkaziladi; - ratsionallik - bilimlar oqilona ish yuritish va mantiq qonunlariga tayangan holda olinadi, empirik daraja chegarasidan o’tuvchi nazariyalar va ularni asoslarini shakllantiradi. Tabiiy-ilmiy bilishning shakllariga - nazariy tizimning muhim elementlari hisoblangan muammo, gipoteza, nazariya, prinsiplar, kategoriya hamda qonunlar kiritiladi. Muammo - tadqiqotchi tomonidan anglangan, mavjud bilimlar javob bera olmaydigan masalalardir. Ilmiy muammoni to’g’ri tanlash juda muhimdir. Ilmiy gipoteza - bu haqiqiyligi yoki noto’g’riligi hali isbotlanmagan bilimlardir. Gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonini ma’lum yo’nalishda yo’naltiradi, yangi-yangi dalillarni va ma’lumotlarni to’plashga yordam beradi. Nazariya - haqiqatligi isbotlangan bilimlardir. 12 О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga о’tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ’ib qilish, muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yо’llari aniqlanib, hayotga tatbiq qilinmoqda, О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bо’limlari faoliyati takomillashtirilmoqda. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling